calendar 27 Jul 06:20
eye 51
comments 0
comments Manba: zamin

O'zbekistonda bir kunda 789 kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan mutlaq antirekord

image

O'zbekistonda 26 iyul kuni 789 kishida koronavirus infektsiyasi qayd etildi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanish bo'yicha 2021 yilning eng yuqori ko'rsatkichidir. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi axborotiga ko'ra, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan shaxslar soni 125 784 nafarga yetgan.

Yangi kasallanish holatlarining:
  • 75 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida,
  • 23 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 32 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 72 nafari Farg'ona viloyatida,
  • 42 nafari Xorazm viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent viloyatida,
  • 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatida 26 iyul kuni koronavirusga chalinganlar soni bo'yicha 2021 yil antirekordi qayd etildi — bungacha viloyatda bir kunlik kasallanish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 23 iyul kuni kuzatilgan, o'shanda 88 kishida kasallik aniqlangan edi. Shuningdek, Toshkent viloyatida ham kunlik kasallanish bo'yicha 2021 yilning eng yuqori ko'rsatkichi qayd etilgan — 105 nafar (bundan oldingi antirekord 23 iyul kuniga to'g'ri keladi — 95 nafar).

Bundan tashqari, 26 iyulda kun davomida 521 kishida pnevmoniya aniqlandi (taqqoslash uchun, 25 iyul kuni 482 kishida, 24 iyul kuni 494 kishida, 25 iyul kuni 507 kishida (yil antirekordi) pnevmoniya tasdiqlangan edi).

Shuningdek, 26 iyulda kun davomida Qoraqalpog'istonda 92 nafar, Andijonda 98 nafar, Buxoroda 33 nafar, Jizzaxda 104 nafar, Qashqadaryoda 22 nafar, Navoiyda 10 nafar, Namanganda 20 nafar, Samarqandda 120 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Surxondaryoda 72 nafar, Farg'onada 65 nafar, Xorazm 40 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 106 nafar bemor — mamlakat bo'yicha jami 871 nafar bemor tuzalib, jami sog'ayganlar soni 120 320 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.

«Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi», — deyiladi SSV xabarida. 26 iyul yakunlariga ko'ra, mamlakat kasalxonalarida davolanayotgan bemorlar soni 4619 nafarni tashkil etmoqda — bu 25 iyuldagi davolanayotgan bemorlar sonidan 88 nafarga kam.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.