calendar 14 Jul 13:20
eye 37
comments 0
comments Manba: zamin

«Tolibon» Turkiyani Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib ketishi haqida qatʻiy ogohlantirdi

image

Foto: Reuters
«Tolibon» 13 iyul kuni Afg'onistondagi Turkiya qo'shinlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi, deb yozmoqda EADaily nashri.

«Turkiya rahbariyatining qarori bizning suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizni beparvolik bilan buzish hamda bizning milliy manfaatlarimizga ziddir», — deyiladi bayonotda. «Biz turk rasmiylarini o'z qarorlarini bekor qilishga chaqiramiz, chunki bu ikkala davlatga ham zarar yetkazadi. Biz har qanday davlat qo'shinlarini har qanday bahona bilan bizning mamlakatda bo'lishini bosib olish deb hisoblaymiz. Shuning uchun bosqinchilarga qarshi hijriy 1422 yilgi (2001 yil) fatvoga asosan kurashamiz, unga ko'ra, so'nggi 20 yil davomida olib borilgan urush jihod hisoblanadi».

«Tolibon» vakillarining aytishicha, agar Turkiya o'z qarorini bekor qilmasa, «barcha oqibatlar uchun javobgarlik boshqalarning ishlariga aralashadigan va bunday shoshilinch qarorlarni qabul qiladiganlar zimmasiga tushadi».

Iyun oyi boshida «Tolibon» vakili AQSh va «Tolibon» o'rtasidagi kelishuv doirasida Turkiya ham Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi kerakligini aytgandi.

«Tolibon» Anqaraning o'z qo'shinlarini Kobul aeroportini qo'riqlash uchun qoldirish haqidagi takliflariga shu tarzda javob qaytardi. Shunga qaramay, Turkiya Kobul xalqaro aeroportida nazorat va xavfsizlik uchun o'z harbiylarini qoldirishini eʻlon qildi.

Ayni paytda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Turkiya va AQSh o'rtasida Kobul xalqaro aeroportining boshqaruvi va xavfsizligi bo'yicha muzokaralar davom etayotganini aytdi. Mudofaa bo'limi boshlig'i turk askarlari 20 yildan beri Afg'onistonda o'z vazifalarini ado etib kelayotganini eslatib o'tdi.

«Bu yillar davomida biz harbiy topshiriqlarda ishtirok etmadik, xavfsizlik xodimlariga ko'rsatma berib turdik, obʻyektlarni taʻmirlash, tiklash va qurish bilan shug'ullandik. Olti yildan beri Kobuldagi aeroportni boshqaramiz. Bizning maqsadimiz afg'on xalqi xavfsizligi va farovonligiga hissa qo'shishdir. Poytaxtdagi aeroport o'z ishini davom ettirishi kerak. Aks holda, Afg'oniston yakkalangan davlatga aylanadi, bu xalqaro maydonda jiddiy xavf tug'diradi», — deya vazirning so'zlarini keltirdi Anadolu agentligi.

Shu bilan birga, u Anqara «Tolibon»ning harakatlarini, shu jumladan, O'zbekiston va Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatayotganini taʻkidladi. «Turkiya yo'nalishi bo'ylab qochqinlarning yangi to'lqini paydo bo'lishi masalasi biz uchun muhim. Ayni paytda bunday muammo yo'q», — dedi Xulusi Akar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

23 Mar 16:44
 
76
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

15 Apr 07:06
 
46
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu