
Xalq demokratik partiyasi radarlar, jarimalar adolatliligi mavzusini koʻtargani haqida har xil fikrlar bildirilyapti. Oʻrganishlarimiz kimlargadir maʼqul tushmagani haqida gaplar ham quloqqa chalinyapti. Asosiysi, qonun ustuvor boʻlsin, hech kim yemagan somsasi uchun pul toʻlamasin.
Radarlar va ularning yashirincha oʻrnatilishidan aziyat chekayotgan hamyurtlarimizning haq-huquqini talab qilish biz deputatlarning vazifasi, deb bilamiz. Muhim mavzuni bir koʻtarib, keyin oʻz holiga tashlab qoʻyish niyatimiz yoʻq. Biz bu masalada qatʼiy turamiz, qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni zamonga moslashtirish taklifi bilan chiqamiz.
Qonunchilik palatasida uyushtirilgan davra suhbatlari, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarda qoldirilgan izohlarda jamoatchilikning masalaga munosabati aniq koʻrinyapti. Izoh qoldiruvchilarning aksariyat qismi jarimalar pandemiya davrida iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan insonlarga ogʻirlik qilayotganini maʼlum qilishgan.
Saylovchilar bilan uchrashuvlarga borib-kelish jarayonida shaxsan oʻzimiz ham shaharlararo yoʻllarda maxsus belgilarsiz joylarga oʻrnatilgan radarlar va hech qanday epikirovkasiz «pismayib» turgan avtomobillardagi radarlarga koʻp guvoh boʻlyapmiz.
Surishtirdik, oʻrgandik, shubhali avtomobilga oʻrnatilgan radarlarda haydovchilarning tezligini nazorat qilish faqatgina Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan ekan. Boshqa davlatlarda tezlikni kuzatish va qayd etib borish maxsus texnika va kameralarga “ishonib” topshirilgan vaqtda Oʻzbekistonda bu ish bilan yoʻl chetiga avtomobilini qoʻyib olib, shubhali radar vositasini avtomobiliga oʻrnatib olgan ayrim shaxslar shugʻullanishini qonunga xilof, deb bilamiz.
XDPning radarlar boʻyicha oʻrganishlari zoye ketmadi shekilli, IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Oʻzbekiston yoʻllarida YHQ buzilishini avtomatik qayd etuvchi moslamalar haqida maʼlumot beribdi. Ammo, ayrim viloyatlardagi radarlar, ayrimlaridagi kameralar haqidagi maʼlumotlar ochiqlanmadi.
YHXBB maʼlumotida ayrim viloyatlarda faqat statsionar fotoradarlar haqida maʼlumot berilgan boʻlsa, ayrim viloyatlar boʻyicha faqat kameralar soni keltirilgan.
Jumladan, Jizzaxda 15 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 11 ta statsionar fotoradar mavjud ekani aytilgan, biroq ushbu viloyatlardagi kameralar haqidagi maʼlumot yoʻq.
Xorazm, Andijon va Namangan viloyatlari boʻyicha esa faqat kamera haqida maʼlumotlar mavjud. Jumladan, Xorazmda 16 ta, Andijonda 82 ta, Namanganda 38 ta kamera mavjud ekan.
Aytish joiz, Ichki ishlar vazirligi maʼlumotida jami 127 ta statsionar fotoradar ochiqlangan. Biroq respublikadagi jami fotoradarlar soni bundan ancha koʻproq ekaniga hech kim shubha qilmasa kerak. Qizigʻi, bundan bir necha kun avval YHXBB boshligʻi oʻrinbosari Erali Bozorov parlamentdagi yigʻilishda bugungi kunda tizimda 271 ta fotoradar moslamasi borligi, ularning hammasi onlayn tarzda markazga bogʻlanganini maʼlum qilgandi.
Partiyamiz deputatlari YPX xodimlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillardan foydalangan holda yashirin usulda xizmat olib borayotgan holatlarni noqonuniy, deb hisoblaydi.
Har qanday huquqbuzarlik adolatli va shaffof tizim orqali aniqlanishi zarur. Ichki ishlar vazirligi bu masalaga jiddiy eʼtibor berishi zarur, deb hisoblaymiz. Har holda, YPX xodimlarining maqsadi haydovchilarni qaqshatib, ularning “hamyoniga hamla” qilish emas, balki yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga erishishdan iborat boʻlsa kerak.
Sherbek BOʻRONOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi
Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi
Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa
IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy