calendar 06 Jul 10:10
eye 37
comments 0
comments Manba: daryo

Turkiyada sayyohlar o‘tirgan qayiq cho‘kib ketdi. 2 yoshli bola halok bo‘ldi (video)

image

Turkiyaning Fethiye shahri yaqinidagi sohilda, Belchekiz plyajidan 50 metr masofada ekskursiya safari uyushtirayotgan qayiq cho‘kib ketdi. Qayiq bortida 38 kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 yoshli bola halok bo‘ldi, kattalardan ikki kishi jarohat oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: news2sea

Xabarga ko‘ra, halok bo‘lgan bolakay ota-onasi bilan Fransiyadan Turkiyaga ta’tilga kelgan. “Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, bolaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi”, — deydi jurnalistlar.

Ta’kidlanishicha, avariyadan keyin ko‘pchilik o‘zi mustaqil ravishda qirg‘oqqa yo‘l olgan. Hodisaning ayrim ishtirokchilarini voqea joyiga yuborilgan Sohil xavfsizlik guruhlari, shuningdek, suv taksilari olib ketgan.

Voqea joyiga Fethiye gubernatori Eyup Firat yetib kelgan. “Karterning old qismi teshilgan va u bo‘laklarga bo‘lina boshlagan”, — dedi Firat.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 3-iyul, shanba kuni sodir bo‘lgan, ammo bu haqda 5-iyul kuni xabar berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qayiqning qanday buzilib, suvga cho‘kayotgani aks etgan video tarqaldi.

Avvalroq Bangladeshdagi Padma daryosida tezyurar qayiq qum ortilgan yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan edi.

O‘rta Yer dengizining Tunis qirg‘oqlari yaqinida esa ichida noqonuniy ko‘chayotgan muhojirlar bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib, cho‘kib ketgan. Halokat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Shuningdek, Rossiya bayrog‘i ostidagi “Arvin” quruq yuk tashuvchi kemasi Qora dengizda, Turkiyaning Bartin viloyati sohillari yaqinida cho‘kib ketgani haqida ma’lumot berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
65
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:50
 
59
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

16 Apr 09:12
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi