calendar 05 Jul 12:10
eye 63
comments 0
comments Manba: daryo

Rim papasi Fransisk jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirdi

image

Rim papasi Fransisk yo‘g‘on ichak operatsiyasidan o‘tish uchun kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Muqaddas taxt matbuot xizmati rahbari Matteo Bruniga asoslanib, Vatican News xabar berdi.

Rim papasi Fransisk

Foto: Getty Images

“Bugun kunning ikkinchi yarmida (4-iyul) Rim papasi Fransisk divertikulyar yo‘g‘on ichak kasalligi bo‘yicha operatsiyadan o‘tish uchun Rimdagi A. Jemelli klinikasiga olib ketildi”, — dedi Bruni.

Operatsiya 4-iyulga rejalashtirilgan, deb yozadi Reuters Bruniga asoslanib. Muqaddas taxt matbuot xizmati rahbari jarrohlik amaliyoti natijalari to‘g‘risida xabar berishni va’da qilgan.

5-iyul kuni ANSA nashrining Matteo Bruni bayonotiga tayanib xabar berishicha, operatsiya yaxshi o‘tdi.

“Papa umumiy behushlik ostida qilingan operatsiyani yaxshi o‘tkazdi”, — dedi Bruni. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, papa Fransisk kasalxonada kamida besh kun yotadi.

84 yoshli Fransisk 2013-yilda papa etib saylangan. O‘shandan buyon birinchi marta kasalxonaga yotqizildi. Yoshligida Fransisk o‘pkasining bir qismi olib tashlangan. Bundan tashqari, u quymich asab yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik oqibatidagi kuchli og‘riq tufayli papa bu yil bayramona Yangi yil ibodatiga rahbarlik qila olmagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.

20 Mar 12:55
 
82
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э