O‘zbekistonda koronavirusga qarshi eng ko‘p qaysi vaksina qo‘llanilgani ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda mamlakatda o‘zbek—xitoy vaksinasi eng ommabop ekanini aytdi.
Emlanganlarning 77 foizi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan foydalangan, 18 foizi AstraZeneca (CoViShield), 5 foizi — “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha O‘zbekistonda jami 3 680 361 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 2 158 045 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 1 224 271 nafarni,
- 3-bosqichda emlanganlar 298 045 nafarni tashkil qilmoqda.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda kuzatilgan:
- Namangan viloyatida — 442 315 doza;
- Farg‘ona viloyatida — 423 601 doza;
- Andijon viloyatida — 408 816 doza.
Mavzuga doir: “Quruq safsatadan boshqa narsa emas”. Nurmat Otabekov vaksinalarning zararli ekani to‘g‘risidagi mish-mishlar haqida
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetgan. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgandi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin. Toshkentda 28-iyundan 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamni koronavirus infeksiyasiga qarshi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanash boshlandi.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda