Navoiyda ayol u bilan jinsiy aloqada boʻlib kelganini aytib, 62 yoshli otasini IIBga berdi. Ota sharmanda boʻlmaslik uchun tergovchiga pora taklif qilgan


Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qizi bilan jinsiy aloqa qilganlikda gumonlangan erkak sharmanda boʻlmaslik uchun tergovchiga pora taklif qilgani uchun sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat tafsilotlariga koʻra, 62 yoshli A.Xamrayev (shaxsi oʻzgartirilgan) 2021-yil 10-mart kuni soat 12:00 larda Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi surishtiruv guruhi surishtiruvchisi M.Rabbimovning ish yurituvidagi qizi Z.Akromovaning (shaxsi oʻzgartirilgan) u bilan jinsiy aloqada boʻlib kelganligi mazmunidagi ogʻzaki murojaati boʻyicha sharmanda boʻlmaslik maqsadida ishni ijobiy hal qilib berishi uchun M.Rabbimovga 1 million soʻm pora taklif qilgan.
Holat yuzasidan M.Rabbimovning bildirgisi asosida Navoiy viloyat IIB va Xatirchi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan 20-mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda A.Xamrayev Xatirchi tuman IIB maʼmuriy binosidagi M.Rabbimovning xizmat xonasida unga 800 ming soʻm berganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sudda Xatirchi tuman prokurori tomonidan 27-aprel kuni aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni tuzishda ayblanuvchining protsessual huquqlari tergov organi tomonidan taʼminlanib, aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan.
Sudlanuvchi A.Xamrayev sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga toʻliq iqrorligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksi 211-moddasi (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Unga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 9 oy 23 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan.
Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi
Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn
21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro