calendar 22 Jun 07:20
eye 37
comments 0
comments Manba: zamin

Vaziyat keskinlashmoqda. O'zbek-afg'on davlat chegarasi yopildi

image

Sog'liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko'ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg'oniston Islom Respublikasida koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o'zbek-afg'on Davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to'xtatishga qaror qildi.

Shu bilan birga, Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarolariga turistik vizalar berishni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi.

Bunda «Termiz-avtoyo'l» chegara o'tkazish punkti orqali quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi:
  • diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila aʻzolariga;
  • xalqaro yuk tashish bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga;
  • o'z yurtiga qaytayotgan O'zbekiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarolariga.
Shuningdek, «Termiz-avtoyo'l» chegara o'tkazish punkti orqali O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o'tkazish punktida faoliyat yuritayotgan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infektsiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.

Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari  esa tegishli hududda joylashgan maxsus klinikalarga davolash uchun yuboriladi. Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan chet el fuqarolari esa O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan O'zbekiston Respublikasiga chegara o'tkazish punktlari orqali kirib kelgan barcha shaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan so'ng 7-kuniga qadar koronavirus infektsiyasiga polimeraza zanjirli reaktsiya tekshiruvini o'tkazish va bunda test xarajatlarini Davlat byudjyeti mablag'lari hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
34
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi

Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn

21 Apr 08:33
 
23
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro

04 Apr 16:19
 
58
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli