Sirdaryoda ekstremistik guruh aʻzosi sifatida 20 kishi ushlandi

Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Sirdaryo viloyatida ekstremistik va terrorchi tashkilotlar aʻzolarining taʻsiriga tushib qolgan 20 kishi aniqlandi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati.
Xabarga ko'ra, 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda Telegram orqali ekstremistik va terrorchi tashkilotlar aʻzolarining taʻsiriga tushib, radikal g'oyalar aks etgan audio va videomateriallarni targ'ib qilish bilan shug'ullanib kelgan yashirin guruh qo'lga olindi.
Ushbu jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangiyer shaharlarida yashovchi 20 nafar aʻzosi qo'lga olindi. Qo'lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Telegram"da kuzatib boring
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo Gʻiloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajri
Oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilarini magʻlub etib, nufuzli musobaqa gʻolibi boʻlishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux joriy yilning 17'20-mart kunlari AQSHning Missisipi shtatidagi 'Camp Shelby' harbiy-oʻquv bazasida oʻtkazilgan 'Eng ilgʻor jangchi'2025' musobaqasida munosib ishtirok etishdi.Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus boʻlinmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik harbi