Milena Madmusayeva omadsiz turmushi tufayli tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirdi

Foto: «Darakчi.uz»
Taniqli opera xonandasi Milena Madmusayeva «Mashhurlar» loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayotidagi omadsizliklar sabab bir muddat tushkunlikka tushib qolgani haqida so'zlab berdi.
«Allohim ayolni juda ham kuchli qilib yaratgan. Hayot sinovlari bizni yana ham kuchli qiladi. Lekin baʻzan shunday paytlar bo'ladi, kuchli bo'lishdan charchaysiz. Lekin qalbimizda umid uchquni hamisha bor. Shu umid oldinga, go'zal, o'zingiz xohlagandek hayotga yurishga undaydi. Inson hayotini hyech qachon o'yinchoq qilmaslik kerak. Mening hayotimda shunga o'xshash narsa bo'lgan, turmushimda...
Juda ham qalbimni qattiq yaralashgan. Mayli, u insonlarga omad tilayman. Lekin men oilaga qadam qo'yayotgan yigitlarimizga shuni aytardimki, agar shu ayolni baxtli qilib, oilani, ro'zg'orni ushlash, farzandlaringni himoya qilish qo'llaringdan kelsa, shu hayotga qadam qo'yinglar. Agar qo'llaringdan kelmasa, bir qizning umrini badnom qilish kerak emas», — deydi xonanda omadsiz turmushi haqida gapirar ekan.

Foto: «Darakчi.uz»
«O'sha oilamdan ketishim bilan yolg'iz qolsam, nimadir bo'lishini bilib, magistraturaga o'qishga topshirdim. O'shanda qizalog'im uch oylik edi. Va o'zim uchun sozandalar yig'ish uchun eʻlon berdim. O'zimning sanʻatimni yanada davom ettirish uchun harakat qildim. Ota-onam ko'magi, daldasi bo'lmaganida, menga juda og'ir bo'lgan bo'lardi», — deydi Milena hayot sinovlaridan qanday o'tgani haqida.

Foto: «Darakчi.uz»
Maʻlumot uchun, Milena Madmusayeva 2016 yilning 25 aprelida o'z prodyuseri Abduhamid Xalilovga turmushga chiqqan, juftlik 2017 yilning 1 aprelida qiz farzandli bo'lgan edi. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла