
Nafaqat IELTS, balki TOEFL, GMAT, GRE va SAT kabi xalqaro imtihon topshirish xarajatlari 2021-yilning 1-may kunidan boshlab toʻliq qoplab beriladi.
Xoʻsh, buning uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Albatta, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) roʻyxatdan oʻtib, xizmatdan foydalanish mumkin.
Soʻrovnomaga imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi hamda maxsus sertifikat (pdf formatda) ilova qilinadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda ariza beruvchiga kompensatsiya toʻlab beriladi:
- Imtihonda toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (daraja) minimal koʻrsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etganda. Misol uchun, IELTS sertifikati uchun 7 va undan yuqori ball toʻplanganda;
- Maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat qilganda.
- Maxsus sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Inspeksiya tomonidan tasdiqlanganda.
Qancha muddatda tasdiqlanganidan qatʼi nazar maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi. Ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning hisobvaragʻiga moliyalashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga 15 kalendar kunda SMS xabarnoma yuboriladi.
Xorijiy tillarni oʻrganish ishtiyoqida yurgan yoshlar ushbu imkoniyatdan unumli foydalanadi, degan umiddamiz.
Fazliddin PARDABOYEV,
Davlat xizmatlari agentligi
Sirdaryo viloyat boshqarmasi masʼul xodimi.
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t
Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom
Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi
2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o
Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga