Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov nazorati ostida. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Vaziyat barqaror va mamlakat prezidenti Sadir Japarov nazorati ostida. Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov boshchiligidagi ishchi guruh Botken viloyatiga kelgan. Ishchi guruh mojaroni hal qilish uchun bir qator choralarni ko‘rdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Matbuot xizmati ikki mamlakat hukumatlari tashabbusi bilan chegaraoldi hududlardagi qurolli mojaroni hal qilish bo‘yicha tuzilgan komissiyalar hodisa sabablari va oqibatlarini muhokama qilib, qurolli mojaroni to‘xtatish, shaxsiy tarkibi va harbiy texnikani doimiy joylariga olib chiqish to‘g‘risida bayonot imzolaganini ta’kidladi.
“Imzolangan qo‘shma bayonotga ko‘ra, tomonlar shaxsiy tarkibni va harbiy texnikani doimiy joylashtiriladigan joylarga olib chiqib ketish va ziddiyatning kuchayib ketishining oldini olish choralarini ko‘rishga kelishib oldi”, — dedi Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatli vakili Omurbek Suvanaliev. Davlat chegarasida keskinlik avj olmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.
“Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz—tojik qismida sodir bo‘lgan voqea qirg‘iz xalqining birdamligini, vatanparvarligini va fuqarolarimizning mojaroni hal qilishda yordam berishga intilishini namoyish etdi. O‘tgan kun davomida ko‘plab Qirg‘iziston fuqarolari chegaraoldi hududiga borib, mojaroni hal qilishda har tomonlama yordam berish istagini bildirdi”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati.
“Interfaks” avvalroq xabar berganidek, Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qirg‘iz—tojik chegarasidagi otishma paytida yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha komissiya tuzdi.
“Qirg‘iz—tojik chegarasidagi otishma paytida moddiy zararni hisoblash uchun komissiya tuzildi. Ammo u notinch vaziyat tufayli ishiga tusha olmayapti”, — degan Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Inqirozlarni boshqarish markazi boshlig‘i Muhammad Svarov.
Unga ko‘ra Qirg‘izistonning bitta chegara posti qisman yoqib yuborilgan, bir nechta xususiy uylar ham yondirilgan. Laylak tumanining sakkizta qishlog‘idagi xususiy binolarga zarar yetgan. “Dastlabki zarar haqida gapirishga hali erta. Aloqa liniyasida ishlash juda qiyin, bu xavfli va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Avvalo biz jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatishimiz kerak. Komissiya Botken viloyatidagi vaziyat butunlay barqarorlashgandan so‘ng to‘liq ishlay boshlaydi”, — deya ta’kidlagan Svarov.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Ertasi kuni nizoga ikkala mamlakat harbiylari aralashgan, otishma boshlangan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jabrlanganlar soni 134 kishiga yetdi, 13 kishi vafot etdi.
“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq