Chinozda inspektorning xonasiga ruxsatsiz kirib, u yerdan Facebook’ka to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqqan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida ichki ishlar organi inspektorining xonasiga ruxsatsiz kirib, uning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21-aprel kuni fuqaro A.Otajonov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqib, qarindoshi M.Xolmatov bilan birgalikda hududiy IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, “Sarbozor” MFY idorasiga (shu idorada tashkil etilgan 29-sonli huquq-tartibot maskaniga) kirib kelgan.
Xizmat xonasida bo‘lgan profilaktika inspektori T.Norqulov fuqarodan tasvirga olishni to‘xtatishni talab qilgan. Profilaktika inspektori bu vaqtda uning xizmat xonasida o‘zaro nizoli holat yuzasidan murojaat bilan kelgan boshqa fuqarolar borligi va ular bilan ishlayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsiy dahlsizligi, ularning yuzi, inspektorning xonasida ekani, shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lishining oldini olish maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni to‘xtatishini talab qilgan va fuqaro qonuniy talabni bajarmagach, tasvirga olinishiga chek qo‘ygan.
Fuqaro A.Otajonovdan IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, nima masalada kelganini va holat yuzasidan tushuntirish so‘ralganda, u turli savollar berib inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Boshqa fuqarolarning e’tiborini jalb etgan holda inspektorga qarshilik ko‘rsatgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 23-aprel kuni Toshkent viloyati JIB Chinoz tumani sudida, sudya R.Rahimjonov raisligida sud majlisi bo‘lib o‘tgan.
Sudda guvohlarning ko‘rsatmalari A.Otajonovning oilaviy ahvoli va o‘z aybiga iqrorligi inobatga olinib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasida (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) tartibida 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Avvalroq Toshkent viloyatida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan Malibu haydovchisi 5 sutkaga, Damas haydovchisi esa 10 sutkaga, shuningdek, Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to‘plab yurgan ayol va erkak 10 sutkaga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Dollar kursi yana biroz “qimirladi”
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,33 soʻmga'oshdi va'12 980,89 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'45,51 soʻmga'pastlab,'14 722,93 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,58 soʻmga'oshdi va'185,40 soʻmni'tashkil qildi.
Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi
Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar
Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi
Poytaxtimizdagi 'O'zekspomarkaz' markaziy ko'rgazmalar majmuida 'UzCharmExpo-EurAsia ' 2025' charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va qorako'l hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar 18-xalqaro ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.'O'zcharmsanoat' uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, 'Xalq banki' hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.Ko'rgazmaning tantanali ochil
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.