calendar 11 Apr 11:10
eye 48
comments 0
comments Manba: daryo

So‘nggi nafasgacha birga: Yelizaveta II va shahzoda Filippning sevgi hikoyasi (foto)

image

1947-yilning 20-noyabr kuni turmush qurgan qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp 73 yil birga yashagan. 2021-yil 9-aprel kuni Filipp vafot etguniga qadar baxtli hayot kechirgan, yaxshi va yomon kunlarni birga baham ko‘rgan juftlikning sevgi hikoyasidagi eng esda qolarli detallarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Cosmopolitan

1939-yil iyul: Birinchi uchrashuv

Naval qirollik kollejiga tashrif buyurgan qirol Jorj VI va qirolicha Yelizaveta, 18 yashar Filippdan qizlari Yelizaveta va Margaretni kuzatib qo‘yishini so‘ragan. Shundan buyon u va bo‘lajak qirolicha (u vaqtda 13 yoshda bo‘lgan) bir-biri bilan maktub orqali gaplashgan.

1947-yil iyul: Unashtiruv

Qisqa rasmiy maktubda qirollik ruxsatiga binoan malika Yelizaveta va leytenant Filipp Mauntbetten unashtirilgani aytilgan.

Foto: Cosmopolitan

1947-yil noyabr: To‘y

Yelizaveta va Filipp Vestminster abbatligida 2000 nafar mehmon qarshisida turmush qurgan.

1948-yil noyabr: Shahzoda Charlz dunyoga kelgan

14-noyabr kuni juftlik o‘g‘il farzandli bo‘lgan va unga Charlz Filipp Artur Jorj deb ism qo‘yilgan.

Foto: Cosmopolitan

1950-yil avgust: Annaning dunyoga kelishi

Malika Anna Elizabet Elis Luiza 1950-yilning 15-avgustida tavallud topgan.

1952-yil fevral: Qirolning o‘limi

Amaldagi monarxning uyqu vaqtida joni uzilgani haqida xabar berilganda Yelizaveta va Filipp Keniyada bo‘lgan. Yelizaveta taxtga o‘tirish uchun birinchi da’vogar bo‘lgan. Londonga qaytgan malikaning oilasi Bukingem saroyiga ko‘chib o‘tgan.

Foto: Cosmopolitan

1953-yil iyun: Toj kiydirish marosimi

8000 mehmon ishtirok etgan marosimni oynayi jahon orqali 20 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan. Yelizaveta 2-iyun kuni taxtga o‘tirgan, Filipp unga sadoqatli bo‘lishga ont ichgan.

1960-yil fevral: Endryuning tavalludi

Juftlik 19-fevral kuni turmush qurgan va unga Endryu Albert Kristian Edvard ismini qo‘ygan. Bir necha kundan keyin Yelizaveta II boshqa monarx oilalaridan ajralib turishi uchun avlodlari Mauntbetten Vindzor familiyasini olishini ma’lum qilgan.

1964-yil mart: Edvardning dunyoga kelishi

Qirolichaning eng kenja o‘g‘li Edvard Entoni Richard Lyuis 10-mart kuni dunyoga kelgan.

Foto: Cosmopolitan

1972-yil noyabr: Kumush to‘y (25 yillik turmush)

Kumush to‘y munosabati bilan juftlikka dunyoning turli burchagidan 15 mingdan ortiq tabriklarni o‘zida aks ettirgan maktub va 2500 telegramma yuborilgan.

1977-yil noyabr: Birinchi nabira

Malika Anna 1977-yilning 15-noyabrida Piter Mark Endryu Fillipsni dunyoga keltirgan. Tinch hayot kechirishni afzal bilgan Anna farzandlarining qirollik maqomidan rasman voz kechgan.

1992-yil noyabr: Annus Horribilis (Dahshatli yil)

1992-yil Yelizavetaning qirollik majburiyatlarini bajarayotganiga 40 yil bo‘lgan. Bu yil nafaqat Yelizaveta, balki butun qirollik oilasi uchun yo‘qotishlarga boy yil bo‘lgan. Shahzoda Charlz malika Diana bilan 11 yillik turmushiga, shahzoda Endryu Sara Ferguson bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan, Anna ham Mark Fillips bilan ajrashgan.

Foto: Cosmopolitan

1997-yil noyabr: Oltin to‘y (50 yillik)

Londonda bayramona tushlik bo‘lib o‘tgan. Yelizaveta turmush o‘rtog‘i uning hayotidagi eng asosiy suyangan tog‘i ekanini ma’lum qilgan.

2012-yil iyun: Qo‘llab-quvvatlash

Yelizaveta infeksiya sabab davolanayotgan eridan xabar olish uchun shifoxonaga tashrif buyurgan va taxtga o‘tirganining 60-yilligini nishonlashdan bosh tortgan.

2016-yil iyun: Qirolicha tavalludining 90 yilligi

21-aprelda tavallud topganiga qaramay, Yelizaveta tug‘ilgan kunini iyun oyining shanba kunida nishonlaydi. Mazkur an’ana qirol Jorj II dan qolgan.

Foto: Cosmopolitan

2019-yil, yanvar: Ko‘ngilsiz hodisa

Filipp avtohalokat sabab shifoxonaga olib borilgan va shundan buyon mashina haydamagan.

2021-yil fevral: Shahzodaning ahvoli yomonlashgan

16-fevral kuni ahvoli yomonlashgan Filipp shifoxonaga olib borilgan. Deyarli bir oy davolangan shahzodaning yuragi operatsiya qilingan. Ahvoli yaxshilanganidan keyin uyga ketishga ruxsat berilgan.

Foto: Cosmopiltan

2021-yil 9-aprel: Filippning o‘limi

Shahzoda Filippning hayotdan ko‘z yumgani 2021-yil 9-aprelda rasman e’lon qilingan. O‘limning sababi ma’lum qilinmagan. U va qirolicha nafaqat Britaniya monarxlari orasida, balki dunyodagi eng uzoq vaqt birga umr kechirgan juftliklardan sanaladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

15 Apr 07:06
 
46
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

16 Apr 15:12
 
45
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac