calendar 30 Mar 06:10
eye 21
comments 0
comments Manba: daryo

Instagram: Zarina Nizomiddinovaga atalgan “millionta atirgul”, davolanayotgan Sherali Jo‘rayev, o‘zbek xonandasi bilan duet kuylagan Nikolay Baskov

image

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda folloverlariga bugungi kun bilan yashash haqida post yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘ylardan birida Sevara Nazarxon Luiza Rasulova bilan birga “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘ini birga kuylayotgani aks etgan video tarqalmoqda.

Aktrisa Bahora Arslonova varrak uchirish uchun Chimyonga bordi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohiga omad haqida mushohada yuritdi.

Foto: Instagram

29-mart kuni ayni paytda oilasi bilan Rossiyada yashayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisaga turmush o‘rtog‘i yuzlab atirgullardan iborat ulkan guldasta sovg‘a qildi.

Foto: Instagram

Aktrisa ushbu guldastaning unga yetkazilish jarayoni videosini sahifasiga joyladi. Zarinaning folloverlari guldastaning mashhur qo‘shiqdagi “millionta atirgullar” ekanligini yozib qoldirmoqda.

Turk aktyori Burak O‘zchivit folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan juftligi Holi bayramini nishonlamoqda.

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayevning muxlislaridan biri uning sahifasida otasining ahvoli haqida so‘radi. Xonandaning yordamchisi sahifani Shohjahonning o‘zi yuritmasligi hamda Sherali Jo‘rayev ayni damda davolanishda ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, biroz avval Sherali Jo‘rayevning og‘ir betob ekanligi, uning Turkiyada davolanayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq hofizning o‘g‘li Zohirshoh bu gap-so‘zlarni rad etib, otasining ahvoli yaxshi ekanligini aytgan edi.

Foto: Instagram

“Rossiyaning oltin ovozi” — Nikolay Baskov Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan konsertida Milena Madmusayeva bilan duet ijro etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayevaning dubaylik muxlisi unga sevgi izhor etgani aks etgan video tarqalmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
92
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
817
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa

17 May 21:48
 
581
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

31 May 08:51
 
482
0
xs.uz

Eksponatlar bilan boyigan muzey

Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan 'Molodyojniy' rusumidagi elektrofon e'tiborni tortadi. Bu uskuna san'atkor hayotining so'nggi yillariga to'g'ri kelgan davr mahsuli bo'lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.Shuningdek, fondga san'atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o'rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.