calendar 24 Mar 11:21
eye 156
comments 0
comments Manba: xs

Iltimos, Qibladan sal oʻngroqqa oʻtiring! Hojatxonalardagi muammoli “eslatma”larga nazar

image

Kimki boʻlmasin, albatta, kuniga bir necha marta kirib-chiqadigan joy bor. Ommaviy hamda tabiiy talab va ehtiyoj baland bu imorat – hojatxona. Uni aksariyat «tualet» deydi, soʻnggi paytlarda esa gohida sanitar- gigiyenik xona ham deb atayapmiz. Xalq tilida «Halajoy» - xoli joy degan nomi ham mavjud. Mayli, nima deb atalsada, u bizga har doim kerak. Kundalik hayotimizning bir qismi bor, u yerda.

Aytishlaricha, yaponlar uy qurilishini avvalo uning hojatxonasidan boshlar ekan. Buning maʼnisida ham oʻsha oʻta zarur ehtiyoj turadi, qolaversa bunyodkorlik toza-pokiza sanitariya-gigiyena muhitida olib boriladi. Ochigʻini aytganda, bizda yaqingacha hojatxonalarga deyarli oxirgi darajadagi qurilish obyekti deb qarab kelindi. Bu ayniqsa, yakka tartibdagi hovlili uy (aksariyat qishloqlarda), ommaviy hojatxonalar qurilishida – bozorlarda, yoʻllarda va boshqa shu kabi joylarda koʻp kuzatiladi. Ularga joy tanlash va loyihalashtirishda xatolarga ham yoʻl qoʻyiladi. Va tabiiyki bunday holda foydalanuvchilar uchun qator noqulaylik yuzaga keladi.

Deylik, sarlavhada bildirganimiz - Guliston shahrining yangi “Dehqon bozori”dagi hojatxona boʻlmalaridagi eshiklarning ichki tomoniga yopishtirib qoʻyilgan “Xolis eslatma” degan yozuvni olaylik. Unda Qibla- Kabatullohga roʻbaru boʻlib qolmaslik uchun ozgina oʻngga burilgan holatda oʻtirish tavsiya qilinadi. Demak, qurilishda maqtasa arzigulik zarur va zamonaviy sanitariya-gigiyena talablari darajasidagi sharoit yaratilgani holda, islom dinimizda muqaddas sanaladigan Kaʼba ehtiromi esdan chiqqan. Afsuski, bunday hojatxonalar yurtimizning barcha hududlarida, ayniqsa, mustaqillikdan oldin bunyod etilgan korxona va idoralarda koʻplab uchraydi.

Bir vaqtlar shunday vaziyatlar ham boʻlgandiki, xizmat safari bilan kelayotgan yakka yoki bir guruh mehmonlarga sharoit yaratishda ayni hojatxona muammosi ogʻriqli masalaga va bu borada uyalib qolmaslik esa eng katta xavotirga aylanar edi. Toʻgʻri, allaqachon bu muammolar barham topgan. Lekin bu oʻta zarur imorat qurilishi va unda sharoitlar yaratishda hali kamchiliklar bor. Masalan, mamlakatimiz turistik muhitini yana-da yaxshilashda dunyoning turli mintaqalariga xos talablar qatorida ushbu maqola mavzusidagi obyekt etiketi ham xoh u osiyolik, xoh yevropalik boʻlsin - hamma sayyohlarning xohish-istagiga javob berishi kerak.

Yana bir muhim jihat va koʻplab uchraydigan nuqson shuki, hojatxonalarda ham nogironligi bor insonlar uchun maxsus hojat oʻrindiqlari mavjud emas. Holbuki, allaqachon harakat-tayanch aʼzolari boʻyicha yoki boshqa jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun alohida hojat “kreslo”lari yaratilgan va ular turli shakl hamda oʻlchamlarda ishlab chiqarilmoqda.

Internet orqali dunyo hojatxonalari bilan tanishsangiz, bu borada turfa maʼlumotlar va kishini lol qoldiradigan suratlarni koʻrishingiz mumkin. Ehtimol kimgadir erish, kimgadir kulgili tuyular, ammo bor gapki, baʼzi mamlakatlarda ushbu sanitar-gigiyenik inshootlar orasida ham sanʼat darajasidagilari (suratlar ilova qilinmoqda) bor. Lekin ular xoh koshona, xoh oʻrtamiyona - qanday boʻlmasin, hammasida foydalanuvchilar yaxshi taassurot bilan kirib-chiqishlari uchun barcha jihatlar eʼtiborga olingan.

Hojatxona xizmati biznesga aylanganiga ancha boʻldi. Namuna qilib koʻrsatishga arziydigan bunday tadbirkorlik subyektlari yildan-yilga koʻpaymoqda. Yonilgʻi qoʻyish shaxobchalari, oshxonalar va boshqa yoʻlboʻyi obyektlarida ayni xizmat xonalari barpo etilayotgani tufayli asta- sekin avtoyoʻllarning duch kelgan joyida toʻxtab, orqa-oldiga qaramay hojat ushatishdek xunuk holatlar ham kamayib bormoqda. Ammo ommaviy tualetlarda bir qusur borki, bu ham boʻlsa, har doim ham tozalik, ozodalikka rioya qilmaslik. Bunda foydalanuvchilarning ham katta “hissa”si borligidan esa koʻz yumib boʻlmaydi. Shunday holatlar ham uchraydiki, mazkur jamoat xizmati madaniyatining oddiy qoidalariga rioya qilmagani holda, hojatxonalarni “hammom”ga aylantirib yuboradi...

Endigi mushohada hojatxonalarning xizmat koʻrsatuvchi tarkibi haqida. Bunda hamma joyda ham ularning maxsus ish kiyimda emasligi kuzatiladi.Ayrimlarida erkaklar boʻlmasida ham ayollar (aksariyat yoshi kattalari) tozalash ishlari bilan shugʻullanishi..., aniqki, foydalanuvchiga noqulaylik tugʻdirmay qolmaydi.

Xullas, alqissa shu: hojatxonalar ham hayotimiz, turmushimizning ajralmas bir boʻlagi. Unga ham shinamu toza-pokiza uyimizdek eʼtibor kerak. Turistik manzil hamda bekatlardagi tualetlarimiz esa yurtimiz va xalqimiz yuzining, pokizalikka azaldan qanchalar yuksak qadriyat sifatida yondashishimizning kunda emas, har soat, har daqiqada namuna qiladigan, sinovdan oʻtkazadigan muhim joylarimizdan biri.

Demak, qistab kirgan odamga “Chaproqqa qarab oʻtiring, yo «Biroz oʻngroqqa burilib oʻtiring” degan ensani qotiruvchi, muammoli “eslatma”larga hojat qolmasin desak, hojatxonalarni ham ham yetti oʻlchab bir kesib quraylik. Toki, undan foydalanishga kirgan kishining koʻngli ham pokiza boʻlib chiqsin.

Ahmadali SHERNAZAROV

“Xalq soʻzi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
47
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

18 Apr 11:08
 
46
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc