Chevrolet Equinox 260 mln so‘mdan, Tracker esa 145 mln so‘mdan. UzAuto Motors 2021-yilgi modellarini xarid qilish uchun shartnoma tuzishni boshladi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker rusumidagi avtomobillarning 2021-yilgi modellarini xarid qilish uchun shartnoma tuzishni boshladi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Chevrolet Equinox (2021-yilgi model):
- bazaviy komplektatsiya: 260 million so‘mdan;
- komplektatsiya RS: 360 million so‘m.
Chevrolet Tracker (2021-yilgi model):
- bazaviy komplektatsiya: 145,13 million so‘mdan;
- komplektatsiya LT: 201,74 million so‘m;
- komplektatsiya Redline: 208,696 million so‘m (narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan).
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2021-yil fevral oyining boshlarida Equinox yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Bunga modellar qatorini yangilash strategiyasi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Avvalroq “O‘zavtosanoat” mas’ullari Equinox va Tahoe’larning yuqori narxi orqali Spark va Nexia kabi arzon mashinalarni ishlab chiqarishdagi zarar qoplanayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti xaridi uchun shartnoma berish 3-martdan qayta tiklangani, Chevrolet Onix 9—12 ming dollar atrofida sotilishi kutilayotgani hamda UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,20 soʻmga'oshib,'12 895,55 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'196,91 soʻmga'pastlab,'14 338,56 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,70 soʻmga'koʻtarildi va'159,38 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,03 soʻmga'oshdi va'12 939,93 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'67,39 soʻmga'koʻtarildi va'14 725,64 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,41 soʻmga'tushib,'162,03 soʻmni'tashkil etdi.