O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chdi (foto)

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2020-yilning 6-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida bildirilgan fikrlarga javoban davlat rahbari tomonidan bu masalaga e’tibor berish va yechim topish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish bo‘yicha taklif ham ilgari surilgan edi.
Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, Navro‘z bayrami kunlarida vazirlik markaziy apparati yangi binoda ish boshladi. Ma’lum qilinishicha, uzoq yillardan beri vazirlik o‘rnashib kelgan Navoiy ko‘chasidagi 12-uy vazifalari kengayib borayotgan vazirlik talablariga javob bermay qolgan.
Ta’kidlanishicha, SSV ko‘chib o‘tgan Navoiy ko‘chasidagi 4-uy yangidan ta’mirlangan, barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega.
Bundan avval SSV rahbari Chirchiqda Prezident bilan uchrashgan yigit va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi masalasiga izoh bergani hamda vazir boshchiligida shifokorlar Prezident topshirig‘i bo‘yicha Chirchiqdagi yigit uyiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)
Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu