Gollivud yulduzlaridan ham yaxshiroq kiyinadigan Saudiya malikasi (foto)

Dunyo OAV e’tibori Yevropa monarxlari, xususan, Megan Markl va Keyt Middlton singari malikalarning aytgan gapidan tortib, kiyinish uslubigacha muhokama qilishdan charchamaydi. Ammo go‘zalligi va yuksak didga ega ekanligi bilan e’tirofga loyiq malikalar faqatgina G‘arbda bo‘lmaydi. Arab ayollari, ularning kiyinishi, turmush tarzi bilan bog‘liq tasavvurlarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan Amira at-Tavil haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Oddiy oilada tug‘ilib o‘sgan Amiraning hayoti talabalik vaqtida Saudiya Arabistoni qirolining jiyani bilan tanishganidan keyin butkul o‘zgargan. Darsdan berilgan vazifaga ko‘ra, 18 yashar qiz 46 yoshli taxt vorisidan intervyu olishi kerak bo‘lgan. Birinchi uchrashuvdan 9 oy o‘tgach, juftlik turmush qurgan.
Amira jamoat joylarida arab milliy libosi abayya kiyishdan voz kechgan Saudiya Arabistonidagi ilk malika bo‘lgan. Yevropacha uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radigan malika Saudiya Arabistonidagi ayollardan birinchilardan bo‘lib haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritib, mashina haydagan. Qolaversa, u mamlakatdagi ayollarning mashina haydash huquqini berish kerakligi bo‘yicha bir necha marta chiqish qilgan.
Kambag‘allik, ishsizlik, shuningdek, yaqin sharqdagi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir qancha xayriya loyihalarida faol ishtirok etgan Amira arab olamining “malika Dianasi” deb ataladi.
Shahzodaning qarindoshlari erkin turmush tarzi sabab uni yoqtirmagan. Turmush qurganiga 10 yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham merosxo‘r dunyoga keltirmagani qirollik oilasi vakillarining noroziligini yanada orttirgan.
OAVda Amira bepushtligi, shahzodaning bundan xabari borligi va hatto nikoh shartnomasida mazkur punkt qayd qilingani yozilgan.
Boshqa mish-mishlarda esa malikaning o‘zi ona bo‘lishdan qochishi aytiladi.
2013-yilda juftlikning munosabatlariga nuqta qo‘yilgan. Ajrashish jarayoni tinch yakuniga yetgan, Amira va shahzoda do‘stligini saqlab qolgan.
Endilikda qirollik oilasining rasmiy a’zosi ekanligiga qaramay, odamlar uni malika deb atashda davom etadi.
Hatto turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashganidan keyin ham xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishda davom etgan sobiq malika millionlab sharq ayollari uchun o‘rnak bo‘la oladi. 2018-yilda sobiq malika milliarder Xalifa ibn Butti al-Muhayriga turmushga chiqdi.
Ko‘pchilik uni “Alovuddinning sehrli chirog'i” multfilmidagi malika Jasminga o‘xshatadi.
U nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki ichki olamining o‘ziga xosligi bilan ham ertak qahramonini esga soladi.
Mavzuga doir:
- Zamonaviy arab malikasi: Dina Abdulazizning uslub borasidagi sirlari (foto)
- Ertaklardagi Shahrizodalar: Arab shayxlarining rafiqalari qaysi sohalarda faoliyat yuritadi? (foto)
- Yevropaning eng badavlat malikalari (foto)
- Eng qattiqqo‘l davlat rahbarlarining rafiqalari qanday uslubda kiyinadi? (foto)
- Foto: Taniqli milliarderlarning rafiqalari (foto)
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла