calendar 08 Mar 16:30
eye 72
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi

image
Siyosat
Havola olish
496 0 0

"Bundan buyon O'zbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʻtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʻda bergan davlat rahbari bayram arafasida tashkillashtirilgan tantanali tadbirda

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xotin-qizlarini 8 mart ayyomi bilan tabrikladi. Ayni daqiqalarda poytaxtdagi "Kongress-holl"da 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo'lib o'tmoqda, deb xabar bermoqda AOKA.

"Hamma harakatlarimizda ayollarimiz, muqaddas onalarimizni rozi qilish yotadi. Mana shunday paytda, siz azizlarning shaʻningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo'lib tug'ilmaganiga afsuslanib qoladi. Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g'ayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni, murakkab pandemiya sharoitida, ayniqsa, chuqur his etmoqdamiz. Sizlarning barcha sohalardagi fidokorona mehnatingiz hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obro'-eʻtibori tobora ortib bormoqda. Bugun barcha sohalarda marrani juda katta olyapmiz, ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshiryapmiz. Ular, birinchi navbatda, onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayoti va mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo tog'dek tayanch bo'lib kelayotganingiz uchun sizlarga, butun O'zbekiston xotin-qizlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan O'zbekiston rahbari.

Mirziyoyevning taʻkidlashicha, muammolar bo'yicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim — "Ayollar daftari" joriy etildi va keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu «daftar»ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og'ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan taʻminlandi. Inqirozga qarshi kurash jamg'armasi mablag'lari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko'rsatildi.

 Ayol farzandi baxtli bo'lsa, asl baxtni his etadi. Birgina "Har bir oila — tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so'mdan ziyod kredit mablag'lari ajratildi. Deyarli 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o'qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. "Besh muhim tashabbus" doirasida chekka hududlarda tikuvchilik tsexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi taʻminlandi.

Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar ayollarga qariyb 22 milliard so'mlik boshlang'ich badallar to'lab berildi.

Joriy yilda ham ushbu xayrli ishlar davom ettiriladi va bu borada kuni kecha yangi qaror imzolangan. Unga ko'ra, jamiyatda ayollarga bo'lgan eʻtiborni eng quyi bo'g'ingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda.

"Bundan buyon O'zbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʻtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʻda bergan davlat rahbari.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
106
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

08 Jun 02:27
 
144
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

15 Jun 20:14
 
94
0
xs.uz

Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar

08 Jun 02:27
 
30
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni