calendar 04 Mar 06:30
eye 56
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Bu ish bermadi! AQSh demokratiyani deb, dunyodagi rejimlarni ag'darmaydigan bo'ldi

image
Siyosat
Havola olish
8 0 0

AQSh Davlat kotibining taʻkidiga ko'ra, Vashingtonning demokratiyani kuch bilan tiqishtirish bo'yicha harakatlari hyech qanday kutilgan natijani bermadi

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQSh maʻmuriyati rejimlarni ag'darish va harbiy interventsiyalarni amalga oshirish orqali boshqa davlatlarga demokratiyani kuch bilan tiqishtirish amaliyotidan voz kechadi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda brifing davomida xuddi shunday murojaat bilan chiqish qildi.

Davlat departamenti rahbarining so'zlariga ko'ra, qimmatbaho harbiy interventsiyalar yoki avtoritar rejimlarni ag'darishga urinish orqali demokratiyani ilgari surish istalgan natijalarni olib kelmadi.

"Biz qimmatbaho interventsiyalar yoki avtoritar rejimlarni kuch bilan ag'darishga urinishlar orqali demokratiyani ilgari surishdan voz kechamiz. Biz bu taktikani o'tmishda qo'llashga urindik. Ammo istaklarimiz ezgu bo'lishiga qaramay, bu ish bermadi", - dedi Blinken.

Davlat kotibi bayonotiga ko'ra, endilikda Vashington "bu ishni boshqacha amalga oshiradi".

"Biz demokratiyani boshqa mamlakatlarga shaxsiy namuna ko'rsatgan holda ilgari suramiz, sheriklarimizni demokratik o'zgarishlar uchun rag'batlantirib boramiz", - dedi u.

Financial Times nashrining yozishicha, prezident Jo Bayden administratsiyasi oldingi prezident Donald Trampning "yakkalashuv va millatchilik siyosatidan farq qiladigan yangi tashqi siyosatni" barpo etishga urinmoqda.

Bayden davridagi AQSh mamlakat boshqa davlatlar ishiga aralashib, o'zini "global politsiyachi" sifatida tutyapti, degan ayblovlardan yiroq bo'lishga va dunyodagi yetakchi pozitsiyalarni saqlab qolishga harakat qiladi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
80
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo