“Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda hukm surayotgan osuda muhit — suratlarda

Toshkent shahar hokimligi 4-fevral kuni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol” majmuasi konsepsiyasi loyihasini yaratish uchun tanlov e’lon qildi.
Taklif jamoatchilikning keng e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Yangiliklar ostidagi izohlarda foydalanuvchilar poytaxtdagi kam sonli yashil hududlardan biriga teginmaslikni, bu yerga shaharning turli burchaklardan odamlar dam olish uchun kelishini ta’kidlagan.
Ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning majmuani barpo etish masalasiga oid uchrashuvi ham tashkil etilib, unda mustaqillik ramzini aks ettiruvchi stela barpo etilishi, boshqa hech qanday qurilish inshootlari bo‘lmasligi ta’kidlandi. Bog‘ hududiga qo‘shimcha daraxtlar ekiladi va u yer himoyaga olinadi.
“Daryo” fotomuxbiri mazkur bog‘da bo‘lib, u yerdan bir qancha suratlar tayyorladi.
Mavzuga doir:
- Saida Mirziyoyeva yashil bog‘ hududlarini asrash zarurligini ta’kidladi
- “Bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, men o‘sha kuniyoq lavozimimdan ketaman”. Jahongir Ortiqxo‘jayev “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashdi
- “Chilimxona qilib qo‘yilgan edi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” restorani oldidagi xiyobonni ta’mirlashga o‘z yonidan 6 mlrd so‘m sarflaganini ma’lum qildi
- Jahongir Ortiqxo‘jayev: Amir Temur xiyobonidagi chinorlar kesib tashlangan vaqtda siz qayerda edingiz?
- Aziza Umarova hukumatga saylovlar arafasida aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan oltita taklifni bildirdi
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc
YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi
Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto