calendar 08 Feb 11:31
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Samarqandda Prezident farmoniga zid ravishda qimmatbaho chinor kesib tashlandi

image
image

O'zbekistonda daraxt va butalarni kesishga o'rnatilgan moratoriy muddati uzaytirilganiga qaramay, Samarqadda chinor daraxti boltalandi. Bu haqda O'zbekiston Ekologik partiyasi maʻlum qildi.

Maʻlum qilinishicha, Samarqand tumanida joylashgan "Sulfakabutak" mahallasining Sulfakabutak va X.G'iyosov ko'chalari kesishgan qismida joriy yilning 7 fevral kuni 1 tup qimmatbaho chinor daraxti kesilgan. Holat yuzasidan ekologik reyd o'tkazilgan. 

O'rganish davomida maʻlum bo'lishicha, ushbu chinor daraxti ko'chani kengaytirish maqsadida tuman avtoyo'l korxonasi boshlig'i S.Aliyev va boshqa masʻullar topshirig'iga asosan noqonuniy tarzda kesib tashlangan. 

O'zbekiston Ekologik partiyasi noqonuniy ravishda qimmatbaho chinor daraxtini kesgan shaxslarga va topshiriq bergan masʻullarga tegishli qonuniy chora ko'rilishini, shuningdek, kesilgan daraxt o'rniga kompensatsiya tariqasida 100 tup ko'chat ekilishini taʻminlanishini so'ragan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 fevraldagi №PF-6155-son farmonini 24-bandi, b-qismiga muvofiq respublikada davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan. Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko'chat ekish majburiy etib belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et

04 Apr 16:19
 
31
0
xs.uz

Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

Farmonga ko'ra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o'qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:' ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to'laydi;' tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat'i nazar aylanmadan olinadigan

04 Apr 16:19
 
31
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

21 Apr 08:34
 
28
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v