Nutella, Terminator, Ikea: Dunyo mamlakatlarida chaqaloqlarga qo‘yish taqiqlangan ismlar

Zamonaviy insonlar o‘z farzandlariga ajoyib va antiqa ism tanlashda davom etmoqda. Biroq ayrim mamlakatlarda chaqaloqlarga ism qo‘yishda bir qancha cheklovlar mavjud. Hukumat ota-onalarning barcha ijodiy g‘oyalari rag‘batlantirilishi kerak emas, deb hisoblaydi.
Nutella va Qulupnay − Fransiya
Foto: AdMe
Fransuz oilalari qiz farzandiga Nutella deb ism berishni odatga aylantirgan edi. Ehtimol, ota-onalar farzandini kelajakda ham mashhur bo‘lishini istagandir. Ammo bunday bo‘lmadi, Nutella ismli qizlarni maktabda masxara qilish kuzatilganidan so‘ng ularning ismi Ella deb o‘zgartirilgan. Ushbu voqea jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘lib, natijada hukumat bolalarga Nutella ismini berishni rasman taqiqlagan.
Yana bir oila farzandiga Fraise − Qulupnay deb ism bermoqchi bo‘lganida ularga ham rad javob berilgan. Chunki aynan shu nom bilan o‘xshash jargon so‘z mavjud bo‘lib, u juda xunuk eshitilar edi. Natijada chaqaloq Fraisine deb atalgan.
Terminator − Meksika
Foto: AdMe
Bir vaqtlar Meksikada ushbu ism juda keng tarqalgan edi. Aktyor Arnold Shvarsenegger o‘ynagan film qahramoni sharafiga ko‘plab bolalar Terminator deb atalgan. Shu sababli mahalliy hokimiyat Terminator nomini taqiqlashga qaror qilgan.
Ikea − Shvetsiya
Foto: AdMe
Shved mebel do‘konlari tarmog‘i juda mashhur. Hukumat ushbu ismni farzandlarga qo‘ymaslikka qaror qildi va undan foydalanish noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun taqiqlovchi qonun chiqardi.
Camilla − Islandiya
Foto: AdMe
Islandiyada tug‘ilgan chaqaloqlarga ism berishning aniq qoidalarini belgilaydigan va tartibga soladigan maxsus qo‘mita mavjud. Masalan, mahalliy alifboda “C” harfi bo‘lmaganligi uchun Camilla deb ism qo‘yish taqiqlanadi. Ammo xuddi shu ismni “K” harfi bilan qo‘yish muammo emas.
Santa Klaus − Ogayo (AQSh)
Foto: AdMe
Ogayo shtatida yashovchi Robert Uilyam Xendli Yangi yil bayramini juda yaxshi ko‘rganidan o‘zining ismini Santa Robert Klaus deb o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalliy hokimiyat bu kabi ismdan foydalanishni taqiqlagan. Erkak bu qarordan qoniqmay, ishni ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qilgan. Natijada ismini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yalpiz va tosh − Germaniya
Foto: AdMe
Germaniyada bolalarga Pfefferminze − Yalpiz ismini berishni xohlaganlarning so‘rovi bu kulgi uyg‘otishi mumkinligi tufayli rad etilgan. Shuningdek, inglizchada Stone − Tosh nomini ham farzandlarga qo‘yish taqiqlangan. Chunki u ism emas, jism. Bola ismi tufayli ham o‘zligini anglay olmasligi mumkin, degan fikr bildirilgan.
Juma va Blu − Italiya
Foto: AdMe
Haftaning Juma kabi go‘zal va sevimli kunini Italiyada nom sifatida ishlatish taqiqlangan. Italiya sudi Venerdi so‘zini (Juma deb tarjima qilinadi) “uyatli va kulgili” toifaga oid deb qaror qilgan hamda undan foydalanishga ruxsat bermaydi.
Shuningdek, mahalliy hukumat 2018-yilda tug‘ilgan chaqaloqqa Blu deb ism qo‘yilishga ham qarshi bo‘lgan. Chunki tanlangan ranglar ham bola jinsiga mos kelishi kerak. Blu italyanchada ko‘k degan ma’noni anglatadi.
Biroq ushbu taqiq butun Italiya bo‘ylab amal qilmaydi. Masalan, 2020-yilda Janluka Vakka va uning sevgilisi Sharon Fonseka qiziga Blu Jeruselama ismini bergan. Juftlik Boloniyada yashaydi va u yerda Blu ismi bola uchun nomaqbul deb hisoblanmaydi.
Pluto − Daniya
Foto: AdMe
Daniyada ota-onalar farzandlari uchun rasmiy hukumat ro‘yxatidan nom tanlashi mumkin. Ularda 7000 ga yaqin tasdiqlangan ismlar bor. Ro‘yxatda bo‘lmagan ismni berishni istaganlar buning uchun rasmiy ruxsat olishi kerak. Masalan, Pluto va Maymun taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga kiritilgan.
@ − Xitoy
Foto: AdMe
Xitoylik juftliklardan biri farzandiga @ deb ism qo‘yishni xohlagan. Gap shundaki, kuchukcha belgisi xitoy tilida talaffuz bo‘yicha “uni sevish” degan ibora bilan o‘xshash. Biroq bunga ham rad javob berilgan. Xitoyda nom sifatida ramzlardan foydalanish taqiqlanadi.
Malika − Yangi Zelandiya
Foto: AdMe
Yangi Zelandiyada bolalarni Malika deb atash taqiqlanadi. Mamlakat ushbu nomni rasmiy unvon bo‘lganligi uchun rad etgan. Shuningdek, taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga shahzoda, qirol, qirolicha, gersog, mayor, yepiskop, janob, xonim va baron kabi unvonlar ham kiritilgan.
Mavzuga doir:
Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича