Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekistonda bugungi zamon talabiga javob beradigan gidlar yo‘q”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanisharkan, O‘zbekistonda gidlar masalasiga alohida ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Bilasizlarmi, yechimini kutayotgan muhim masalalardan biri shuki, bizda muzeyshunoslik degan ibora ilmiy nuqtayi nazardan yo‘q desa ham bo‘ladi. Bu borada katta o‘zgarishlar qilishimiz zarur.
Bundan tashqari, hozir O‘zbekistonda bugungi zamon talabiga javob beradigan gidlar yo‘q, umuman yo‘q. Bu ham eng katta kamchiliklarimizdan biri. Gid shunday bo‘lishi kerakki, bilimi kuchli, ilmli va eng kamida ikkita tilni bilishi lozim, uchta tilni bilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Gidlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazish kerak. Ularga nisbatan e’tiborni yanada kuchaytiramiz”, — dedi davlat rahbari.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda