calendar 29 Jan 18:40
eye 44
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekistonga "kazino" kirib kelmoqdami?

image

«Ishonch» nashri jurnalisti Esimxon Qanoatov tegishli hujjatlarga asosan Mo'ynoq cho'lida O'zbekistonda taqiqlangan, tavakkalchilikka asoslangan qimor o'yini — kazino qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi mulohazalari bilan bo'lishdi.

Taʻkidlanishicha, «Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko'ngilochar zonasini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar» rejasi, yaʻni yo'l xaritasiga asosan bosh vazir o'rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov tomonidan Mo'ynoqda kazino qurilishi tasdiqlanmoqda.

«Yo'l xaritasi»da Mo'ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko'ngilochar zonasini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha ishchi guruhi tasdiqlangan. Ishchi guruh tarkibiga bosh vaziri o'rinbosari Sardor Umrzoqov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Abdulaziz Oqqulov, bosh prokuror o'rinbosari Akmalxo'ja Mavlonov va boshqalar kiritilgan.

Mazkur hujjatda ishchi guruhga xorijiy davlatlarning tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar, kazino va shu turdagi boshqa o'yinlarni tashkil etish bilan bog'liq qonun hujjatlarini hamda amaliy tajribani o'rganish belgilangan. Shuningdek, ishchi guruhga tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish bilan bog'liq milliy qonunchilikni inventarizasiya qilish ham topshirilgan.

«Yo'l xaritasi» bandlarida kazino biznesini elektron va real ko'rinishda tashkil etish va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarda ishtirok etish, pul o'rniga maxsus jyetonlar, fishkalar va boshqa to'lov uslublarini qo'llash bo'yicha qoidalarni tasdiqlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish ham nazarda tutilmoqda.

«Tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish va o'tkazishni davlat tomonidan tartibga solish to'g'risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham eʻtibordan holi qoldirilmagan. «Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida alohida maqomga ega bo'lgan turistik-ko'ngilochar zona tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish ham alohida belgilangan.

«Demak, O'zbekistonda ilk bor kazino va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o'yin zonalari Mo'ynoqda tashkil qilinishi haqiqatga yaqin», — deb yozadi jurnalist Esimxon Qanoatov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.