Buyuk Britaniya va yana yetti davlatdan O‘zbekistonga keluvchilar uchun qo‘yilgan cheklovlar 1-martga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, xususan, boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlari kirib kelishining oldini olish borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali mamlakatga kirish)ni to‘xtatish kabi choralar ko‘rilgan edi.
Hozirda yuzaga kelgan holatlar tahlili hamda yuqorida qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 2021-yilning 1-fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021-yilning 1-martiga qadar uzaytirildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Shuningdek, qoidaga ko‘ra:
- Yuqorida nomlari sanalgan davlatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekistonga kiritilmaydi.
- So‘nggi 14 kun davomida ushbu davlatlarda bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.
Dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangandi. Ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm o‘rnini bosishini aytgan.
Avvalroq O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqidagi mish-mishlar rad etilgani haqida xabar berilgandi.
2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e
Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'26,23 soʻmga'tushdi va'12 938,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'33,72'soʻmga'pastlab,'14 710,73'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,23 soʻmga'oshdi va'159,51 soʻmni'tashkil qildi.