calendar 29 Jan 17:20
eye 28
comments 0
comments Manba: zamin

Bulg'or qalampirining ko'pchilikka maʻlum bo'lmagan foydali xususiyatlari

image
Foto: «aif.ru»
Bulg'or qalampiri nafaqat yoqimli, shirin taʻmga ega, balki inson organizmi uchun foydali bo'lgan sabzavot hisoblanadi. Biologik taʻsiriga ko'ra farq qiluvchi qizil, sariq, yashil navlari mavjud.

Shirin qalampirning asl vatani Amerika. U yerda qalampir ekish va sug'orishni talab qilmaydigan ko'p yillik butalarda o'sadi. Amerikadan XVI asrda Kolumb dengizchilari Ispaniyaga olib kelgan, keyin Evropa va Kichik Osiyoga tarqalgan. Birinchi shirin qalampir navlari Venger va Bulg'or selektsionerlari tomonidan XX asr boshlarida yaratilgan.

Hamma sevib qolgan birinchi shirin qalampir navlari shu tarzda paydo bo'lgan . Rossiyaga esa XIX asrda bulg'or ko'chmanchilari bilan birga kirib kelgan va juda sevimli sabzovotga aylangan. Shundan buyon u bulg'or qalampiri, deb yuritiladi, aytmoqchi, Rossiya va MDH davlatlarida shunday nom bilan tanilgan, Evropa va boshqa mamlakatlarda esa shirin qalampir, deb nomlanadi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, bulg'or qalampiridan muntazam isteʻmol qilish yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi, ovqat hazm qilish tizimlarini yaxshilaydi, saraton, anemiya va ko'rish kassaliklarining oldini oladi. Hatto baʻzi dorilar uning asosida ishlab chiqariladi.

Foto: «fermoved.ru»
Mahsulotning foydali xususiyati
100 gramm bulg'or qalampirida quyidagi vitamin va minerallar mavjud:
  • C vitamini – 250 mg;
  • A vitamini – 333 mkg;
  • V 6 vitamini – 50 mkg;
  • V 9 vitamini – 17 mg;
  • E vitamini – 67 mkg;
  • kaliy – 163 mg;
  • marganets – 16 mg;
  • fosfor − 16 mg;
  • magniy − 7 mg;
  • temir − 60 mg.

C vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi. V 6 vitamini qonning yetarli darajada hosil bo'lishi uchun juda muhimdir. V 9 vitamini homiladorlik paytida homila to'qimasini shakllantirishda juda foydali. Kaliy qon bosimi va yurak faoliyati uchun masʻuldir. A vitamini ko'rish faoliyatini normallashtiradi. Bulg'or qalampirining 92 foizi suvdan iborat va juda kam kaloriyaga ega.

Antioksidantlarning mavjudligi
Antioksidant moddalar xavfli o'sma kasalliklari , shuningdek yurak-qon tomir va endokrin tizim kasaliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Ko'rish faoliyatini yaxshilash xususiyati
Ko'z kasalliklari orasida yoshga bog'liq ko'z pardasi degeneratsiyasi va katarakta eng ko'p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Kanada va amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, qalampir tarkibidagi lyutein va zeaksantin moddalari ko'zdagi degenerativ va patologik o'zgarishlarini oldini oladi va katarakta kasalligi rivojlanish xavfini xam 42 foizga kamaytiradi.

Foto: Food-Mood
Anemiya profilaktikasi
Anemiya qonda eritrotsitlar yoki gemoglobin darajasining pasayishi bilan tavsiflanadigan holatdir. Anemiya odatda homiladorlik paytida, surunkali buyrak kasalligi yoki tez-tez qon yo'qotish fonida, noto'g'ri ovqatlanish sababli yuzaga keladi.

Qizil bulg'ori qalampiri temir manbayi bo'libgina qolmay, balki C vitaminiga ham boy, bu temir moddasining ichaklarda so'rilishini yaxshilaydi. Frantsiyalik mutaxassilarning taʻkidlashicha, C vitaminiga boy bo'lgan har qanday meva yoki sabzovotlar anemiyaning oldini olish va davolash uchun foydalidir.

Ovqat hazm qilish tizimi
Argentinada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shirin qalampir oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtiradi, diareya va ich qotishining oldini oladi.Tarkibida juda ko'p miqdorda tola bo'lganligi sababli, qalampir ichak mikroflorasini qo'llab-quvvatlaydi: u foydali mikroorganizmlarning ko'payishini rag'batlantiradi. Patogen bakteriyalarning hayotiy faoliyatini so'ndiradi. Bulg'or qalampirini doimiy isteʻmol qilish yo'g'on hamda to'g'ri ichakda xavfli o'sma paydo bo'lishining oldini oladi.

Yurak-qon tomir kasalliklari
Frantsiya olimlarining fikriga ko'ra, qalampirda tola va C vitamini borligi sababli qon sifati yaxshilanadi va arterial tomirlar ichki qoplama hujayralarining shikastlanishiga yo'l qo'ymaydi. Kapsaitsin qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytiradi, shuningdek, hujayralar yallig'lanishining oldini oladi. Natijada ateraskleroz va unga bog'liq kasaliklar: yurak, qon tomirlari kasalligi, miokard infarktining oldini oladi. Kaliy qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini normallashtiradi, bu nafaqat gipertoniya kasalligini rivojlanishining oldini oladi, balki uning asoratini ham bartaraf etadi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olish uchun doimo shirin qalampir isteʻmol qilish tavsiya etiladi.

Shifokor Xurshid Aʻzamxo'jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi

Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:12
 
44
0
xs.uz

11-mart kuni Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yoʻlovchilar uchun ochiladi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻlining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida belgilangan texnik sinov ishlari muvaffaqiyatli oʻz yakuniga yetkazildi va ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshlaydi.Bundan tashqari, yoʻlovchilarga qulay xizmat koʻrsatish uchun metro vagon parklariga soʻngi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan boʻlsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshke

11 Apr 20:33
 
54
0
qalampir.uz

Baxtiyor Saidov Lukashenkoga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 11 aprel kuni Minskda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Bu haqda “Belta” xabar berdi.  Lukashenko Toshkentga yaqinda amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston tomoni ko‘rsatgan mehmondo‘stlik uchun Baxtiyor Saidovga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ezgu tilaklari va minnatdorliklarini yetkazdi. “O‘shanda biz

11 Apr 20:33
 
57
0
qalampir.uz

Toshkentdagi bozorda yong‘in bo‘ldi

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan bozorda yong‘in bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, tumanning “Yangiqo‘rg‘on” MFY Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilon tarzda jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar  yongan.   Yong‘in bo‘layotgani haqidagi xabar Toshkent shahar FVBga 22:55da kelib tushgan. Shu asnoda yong‘in qutqaruv bo‘linmalari so

07 Mar 20:31
 
42
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Bosh vazir Abdulla Aripov farmoniga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini chiroyli tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt -