calendar 29 Jan 16:20
eye 36
comments 0
comments Manba: xs

Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi - Shavkat Mirziyoyev

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Bugungi kunda bino toʻliq qad koʻtargan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, toʻrt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.

Davlatimiz rahbari har bir yoʻlak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni koʻrdi.

Markazning ichki va tashqi koʻrinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni koʻplab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

Prezidentimiz avvalgi tashrifi chogʻida Islom sivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz boʻlishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.

Shunga koʻra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalqaro islom akademiyasining magistrant va doktorantlari oʻqishi uchun sharoit yaratish nazarda tutilgan.

Markazning interyer va eksteryer bezagi, jihozlanishi, kommunikatsiya, xavfsizlik tizimlari eng ilgʻor talablarga javob beradi.

Davlatimiz rahbari shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.

- Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ota-bobolarimiz qiyin sharoitlarda, mehnat-mashaqqat bilan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan. Jadid bobolarimizni ham bekorga qatagʻon qilishmagan. Chunki bilishardiki, ilm, gʻurur, davlatchilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eshitilib turadi.

Markaz joylashgan Olmazor tumanidagi har bir mahalla ushbu maʼrifat maskaniga munosib boʻlishi, bilim, tarbiya jihatidan takliflarini berishi zarurligi taʼkidlandi.

- Shuni amalga oshirsak, har bir mahallaga Islom sivilizatsiyasi markazining nuri kiradi, yuzimiz yorugʻ boʻladi, – dedi Prezident.

Markaz qurilishi davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
56
0
xs.uz

Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rga

16 Apr 15:12
 
25
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

20 Mar 12:53
 
67
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si