Samarqand hokimi ishdan olingani va o‘rniga vazir o‘rinbosari tayinlangani xabar berildi. Hokimlik esa buni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi o‘zgargani va viloyatni boshqarish vazifasi vazir o‘rinbosariga topshirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.
“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev esa bu xabarni rad etdi.
“Unaqa emas. Vazirlar, vazir o‘rinbosarlari ko‘p kelib ketishadi. Shunga biror gap eshitishgan bo‘lsa, yozgandir. Bunaqa gap yo‘q. Hokim tez orada ishga chiqadi”, — dedi Manuchehr Mirzayev.
2021-yil 29-yanvar kuni soat 18:31 da viloyat hokimligining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ham hokim Erkinjon Turdimovning tez orada ishga chiqishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov mehnat ta’tiliga besh kun oldin chiqib, ta’til muddati tugagandan keyin ham ikki kun dam olib, so‘ng ishga chiqishi ma’lum qilingandi. Hokimning matbuot kotibi, shuningdek, Turdimov 28-yanvar kuni viloyatga qaytayotganini qo‘shimcha qilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 27-yanvar kungi yig‘ilishda davlat rahbari bir hafta ichida kadrlar masalasi bo‘yicha bir qarorga kelishini, ayrim amaldorlar aravani tortmayotganligini bayon qilib, yetarlicha ishlamayotgan vazir hamda hokim o‘z lavozimini tark etishini ta’kidlagandi.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda