Xorijda ishlayotgan o'zbek migrantlarining soni qancha? Statistika eʻlon qilindi

2021 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonning chet eldagi mehnat migrantlari soni 1 million 678 ming 400 nafarni tashkil etmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yil boshiga nisbatan 782,4 ming kishiga kamayganini ko'rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi mehnat migrantlari soni bo'yicha maʻlumotlarni eʻlon qildi.
Maʻlum bo'lishicha, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining jami 1 million 678 ming 400 nafar mehnat migrantlari xorijda faoliyat olib bormoqda. Bu holat o'tgan yil boshiga nisbatan 782,4 ming kishiga kamayganini anglatadi.
Migrantlardan 481,1 ming nafari (28,7 foiz) ayollarni, 993,7 ming nafari (59,2 foiz) yoshlarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda o'zbekistonliklardan Rossiyada 1 million 192 ming 800 kishi (71 foiz), Qozog'istonda 209 ming 300 (12 foiz), Janubiy Koreyada 62 ming 300 (4 foiz), Turkiyada 43 ming 200 (3 foiz), BAAda 5 ming 200 kishi va boshqa davlatlarda 165,6 kishi ishlamoqda.
Taʻkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli 511 ming 600 kishi xorijdagi ish faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning 49 foizi chet davlatlarda qurilish sohasida, 10,4 foizi savdo va xizmat ko'rsatish, 11,1 foizi sanoat, 7,8 foizi agrar sohada va 20,9 foizi boshqa yo'nalishlarda ishlab kelganligi aniqlangan.
Vatanga qaytgan jami 511,6 ming mehnat migrantlaridan 478,3 ming nafarida monitoring o'tkazilgan. Ularning 337,9 ming nafarining (70,7 foiz) bandligi taʻminlangan.
Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda
Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?
Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir
Isroil Eronning barcha dronlarini urib tushirdi va yana Eron hududiga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari Eron dronlarini muvaffaqiyatli tutib olgan. Bu haqda 'Ynet' axborot portali xabar bermoqda.Yahudiy davlati armiyasi 13-iyun, juma kuni Eronga hujum qildi. Isroil armiyasi bu operatsiyani 'Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun ogohlantiruvchi hujum' dedi.Hujumlar Natanzdagi uranni boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar va harbiylar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.Eronning IRNA
AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi
NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan