calendar 29 Jan 15:10
eye 83
comments 0
comments Manba: daryo

Turk aktyori O‘zjan Deniz sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblanmoqda. Mojaro uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

image

“Turkiyaning Jorj Klunisi” O‘zjan Denizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealar uning karyerasiga ham soya solmoqda.

Foto: Milliyet

Avvalroq aktyorning sobiq rafiqasi Feyza Aktanga qarshi “urush ochgani” haqida xabar berilgandi. Feyza Aktan prokuraturaga sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan shikoyat qilgan. Istanbulning bosh prokuraturasiga taqdim qilingan arizada aytilishicha, aktyor uning homiladorligi vaqtida barcha meros huquqi va alimentdan voz kechish bandini o‘z ichiga olgan nikoh shartnomasini imzolashga majburlagan.

Foto: Milliyet / “Seni uzoq kutdim” serialidan kadr

2018-yilning 25-yanvarida O‘zjanning sobiq sevgilisi Buse Narji bilan qayta topishib olgani ma’lum bo‘lgan. Erining xiyonatidan keyin Aktan uni tark etishni istagan. Bunga javoban uni kaltaklagan va akasining pistoletini olib uni ham o‘zini ham o‘ldirishini aytib tahdid qilgan. Feyza kaltaklangani haqida tibbiyot ma’lumotnomasini qo‘lga kiritgan va eri bilan ajrashgan. Shundan keyin O‘zjanning akasi Erjan Deniz uyiga bostirib kirgani, tibbiy ma’lumotnomani bermasa, uni o‘ldirishini aytgan. Tahdidlarga chiday olmagan ayol ma’lumotnomani berib, telefonidagi kaltaklangani aks etgan suratlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.

Foto: Milliyet / “Seni uzoq kutdim” serialidan kadr

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, ajrashganidan keyin eri unga o‘lim bilan tahdid qilib o‘g‘liga vasiylikni otasiga berish mazmunidagi shartnoma imzolashga majburlagan. Bu kabi ayblovlarga jim qarab tura olmagan aktyor bularning bari atayin yangi “Seni uzoq kutdim” serialining premyerasi arafasida uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan, ammo nima uchundir hozirga kelib ovoza qilinayotgan ayblovlar va tuhmatlarni tan olmasligini qo‘shimcha qilgan.

Foto: Milliyet

U o‘g‘lini ushbu janjaldan qutqarishni istashi, unga moddiy va ma’naviy meros qoldirishni istashi hamda hech qachon omma oldida farzandining onasi haqida salbiy fikr bildirmasligini aytgan. Shunga qaramay, aktyorning Instagram stories’sida bo‘lishgan iqtibosi uning rafiqasiga qaratilganini bilish mumkin. Unda odamlarning muammosi va boshqalar bilan janjallashishining sababi baxtsiz bolaligi va boshqalarga kerakligini his qilmagani bilan bog‘liqligi yozilgan.

Ushbu voqealardan keyin ko‘plab muxlislarning aktyordan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ham yetmagandek ijtimoiy tarmoqlarda u suratga tushgan yangi serialni ko‘rmaslikka da’vat etuvchi fleshmoblar boshlab yuborilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла