Sud Ortiqxoʻjayevning “Universam” binosi joylashgan yerni tortib olish boʻyicha chiqargan qarorini bekor qildi


2021-yil 27-yanvar kuni Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudida soʻngi kunlarda koʻpchilikni eʼtiborini tortib kelgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida muhokamalarga sabab boʻlgan Yunusobod tumani Ahmad Donish va Amir Temur koʻchalari kesishmasida 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan 6 ga yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olish toʻgʻrisidagi hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi maʼmuriy ishni mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ish sudya D. Toshev tomonidan koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga koʻra, arizachi “Uy roʼzgʼor mollari” MCHJ, “Nur sexri oshiyoni” MCHJ, “Zar-ziynat biznes” MCHJ, “Saida-baroka” XK, “Glorius justice” MCHJ, S. Rososhanskaya va “Emisun market” XKning talablari toʻliq qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimining 27. 11. 2018-yildagi “Yer maydonlarida obodonlashtirish va buzish ishlarini olib borish haqida”gi 1667-sonli, 31. 12. 2019-yildagi “URBAN DEVELOPERS” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasiga yer maydonini ajratib berish haqidagi 1879-sonli va Yunusobod tuman hokimining 18. 12. 2018-yildagi “Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-noyabrdagi qarori ijrosi haqida”gi 2102-sonli qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.
Hal qiluv qarori ustidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida Toshkent shahar maʼmuriy sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi
Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats
“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk
Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j