calendar 29 Jan 04:20
eye 57
comments 0
comments Manba: zamin

TikTokda bolalarni o'z joniga qasd qilishga undagan bloger fosh etildi

image
Foto: «W-n.com.ua»
Italiyaning Florentsiya prokuraturasi TikTokdagi sahifasi orqali o'z joniga qasd qilishga undaydigan maʻlumotlarni tarqatayotgan blogerni topdi. Bu haqda RIA Novosti pochta politsiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.

Xavfli videolarni joylagan bloger Sitsiliyaning Sirakuza viloyatida yashovchi 48 yoshli ayol bo'lib chiqdi. Prokuratura uning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini bloklashga qaror qilgan.

Bloger joylagan videoda erkak bilan ayol kim ko'proq nafas olmasdan turishga bahslashadi. Politsiya ushbu videoni xavfli deb topib, italiyalik ayolni o'z joniga qasd qilishga undashda aybladi. Tergov jarayonida ayol xavfli musobaqalardan iborat boshqa videolarni ham joylashtirgani aniqlandi. Uning sahifasiga 730 mingdan ortiq kishi obuna bo'lgan.

Avvalroq, Italiyada 10 yoshli qizcha TikTokning blekaut deb nomlangan chellenjida qatnashib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan hukumat ijtimoiy tarmoqdagi yoshini hujjat asosida aniqlab bo'lmaydigan barcha foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklab qo'ydi.

TikTokdagilar esa qizni ushbu chellenjda ishtirok etishga undaydigan hyech qanday maʻlumot topilmaganini taʻkidlamoqda. Shunday bo'lsa-da, ijtimoiy tarmoq o'z joniga qasd qilishga undovchi maʻlumotlarni tekshirishda hukumatga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
121
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

17 May 21:47
 
53
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel