calendar 28 Jan 18:10
eye 87
comments 0
comments Manba: daryo

Gal Gadot, Skarlett Yoxansson, Nikolas Keyj va kinolarda tashqi ko‘rinishi kompyuter yordamida o‘zgartirilgan boshqa yulduzlar (foto)

image

Ba’zida aktyor va aktrisalar o‘z personajlariga moslashishi uchun qurbonlik qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar ularning harakati yetarli bo‘lmasa, maxsus effektlar yordamga keladi.

Gal Gadot

Foto: Cosmopolitan

“Mo‘jiza-ayol” filmini suratga olish paytida hech narsani o‘zgartirishga hojat bo‘lmagan. Ammo keyinchalik bir nechta sahnani yakunlash kerak bo‘lganda aktrisa besh oylik homilador bo‘lgan. Uning homiladorligi sezilmasligi uchun kompyuter yordamida uning avvalgi qomati chizilgan. Buning uchun Galning qorin qismiga yashil rang uchburchak qog‘oz yopishtirib qo‘yilgan. “Bu kulgili ko‘rinardi, − deydi Gal. – Yirik planda hammasi yaxshi edi, kichik tasvirlarda esa homilador Kermit qurbaqasiga o‘xshardim”.

Foto: “gazeta.ru”

Genri Kavill

Foto: Cosmopolitan

Aktyor bir vaqtning o‘zida “Uddalab bo‘lmas topshiriq” hamda “Adolat ligasi” filmlarida rol ijro etgan. Birinchi filmda u mo‘ylovini o‘stirishi kerak, ikkinchisida bu kabi ko‘rinish kerak bo‘lmagan. Kino kompaniyalar orasida bir necha muhokamalar olib borilib, nihoyat o‘stirilgan mo‘ylovni kadrlardan qirqib tashlashga kelishilgan.

Foto: “kinopoisk.ru”

Uesli Snayps

Foto: Cosmopolitan

“Bleyd 3” filmida aktyor rejissor Devid Goyer bilan kelishmovchilikka uchragan. Suratga olish qiyin kechgan bir vaqtda aktyor rejissorni tinglashni ham xohlamagan. U muhim sahna uchun ko‘zlarini ochishni iltimos qilganda, Snayps rad etgan. Natijada yuzdagi ifodani kompyuter grafikasi yordamida chizishga to‘g‘ri kelgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Nikolas Keyj

Foto: Cosmopolitan

Aktyorning yelkasida tatuirovka bo‘lib, 2007-yilda suratga olish ishlari boshlanganda, uni qanday bo‘lmasin yashirishga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqtda uning yelkasiga biror kiyim tashlash sahnaga to‘g‘ri kelmagan. Shuning uchun ham tatuirovka kompyuter yordamida o‘chirilgan. Keyinchalik aktyorning mushaklari ham grafika yordamida yasalgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, ammo Nikolasning hamkasblari hammasi haqqoniy ekanini ma’lum qilgan.

Skarlett Yoxansson

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa uchun “Zirhdagi arvoh” filmida ko‘proq sharqona xususiyatlar o‘ylab topilgan. Bu esa yirik tasvirlarda yaqqol namoyon bo‘lgan.

Foto: “Kino-Teatr.ru”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
219
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
744
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra