Navoiy viloyatida joriy yil 84 million metr kub suv tejaladi


Maʼlumotlarga koʻra, respublikamizda yiliga oʻrtacha 52 milliard metr kub suv ishlatiladi. Shundan 80 foizi transchegaraviy daryolar hissiga toʻgʻri kelib, olingan suvning 90 foizidan mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi sohasida foydalanadi.
Yildan yilga suvga boʻlgan talab ortib bormoqda. Bu esa oʻz-oʻzidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda ham suvdan oqilona va samarali foydalanishni, sugʻorish ishlarida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda joriy yil Navoiy viloyatida 13 ming 25 gektar maydonga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish koʻzda tutilgan. Shundan 12 ming 474 gektari tomchilatib, 551 gektari esa yomgʻirlatib sugʻorish hissasiga toʻgʻri keladi. Yangi texnologiya tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyiladigan ekinzorlarning 10 ming gektarini paxta, 1 ming 188 gektarini ozuqabop ekinlar, 724 gektarini tokzor, 579 gektarini mevali bogʻlar tashkil etsa, 551 gektar ozuqabop ekin maydonida yomgʻirlatib sugʻorish usuli oʻzlashtiriladi.
Mazkur sugʻorish texnologiyalarini oʻrnatish 306 milliard 242 million soʻm xarajatni talab etadi. Tabiiyki, bunday mablagʻ viloyatning fermer va dehqonlariga ancha ogʻirlik qiladi. Shu bois davlatimiz tomonidan bu borada qator yengilliklar taqdim etilmoqda.
Xususan, viloyat miqyosida 2021-yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 96 milliard 643 million soʻm subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 milliard soʻmi paxta maydonlarini tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini qoʻllashga yoʻnaltiriladi.
— Suv tejovchi texnologiyalari joriy qilingan maydonlarning iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻladi, — deydi «Oʻzagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Mehriddin Vohidov. — Viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, 12 ming 474 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish natijasida 84 million kub metr suv tejaladi. Shuningdek, mineral oʻgʻitlardan foydalanish hajmi 8,8 ming tonnadan 7,0 ming tonnaga qisqaradi. Yoqilgʻi moylash mahsulotlari sarfi esa 2,8 ming tonnadan 1,8 ming kamaytiriladi. Paxta maydonlarida hosildorlik gektariga 45-55 sentnerga yetkaziladi.
Viloyatning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlaridan biri sanalgan Xatirchi tumanida joriy yil 3 ming 648 gektarda tomchilatib sugʻorish joriy qilinsa, bu koʻrsatkich Qiziltepada 3 ming 220, Karmanada 2 ming 955, Navbahorda 2 ming 550, Nurota tumanida esa 652 gektarni tashkil etadi.
Ayni kunlarda fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalari tomonidan suv tejamkor texnologiyalar joriy etiladigan ekin maydonlarda lazerli uskuna yordamida yerlarni tekislashni yoʻlga qoʻyilib, bu «Oʻzagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi hamda tuman boʻlimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin
HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc