Boshlangʻich narxi 1 soʻmdan boʻlgan 14 ta davlat mulki 1,3 mlrd. soʻmga sotildi


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida boshlangʻich narxi 1 soʻmlik davlat aktivlari savdosi qizgʻin oʻtkazilmoqda. Buni oʻtgan hafta davomida 14 ta boʻsh binolarning realizatsiya qilinganida ham koʻrish mumkin.
Onlayn auksionda boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan 14 ta davlat mulki 1,3 mlrd.soʻmga sotildi va ushbu auksionlar gʻoliblariga jami 32 mlrd.soʻm miqdorida investitsiya kiritish hamda 267 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyati ham yuklatildi. Bu haqda “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR-xizmati maʼlum qildi.
«Yuqori narxlarda sotilgan davlat obyektlarining ayrimlari bilan tanishing:
1. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan sobiq silga qarshi kurash dispanser binosi 505 mln.soʻmga sotildi. Davlat obyekti 6 sotix yer maydoniga ega boʻlib, gʻolib 12 oy muddatda 800 million soʻm investitsiya kiritib, mehmonxona faoliyatini tashkil etishi va kamida 12 ta yangi ish oʻrni yaratishi lozim.
2. Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan sobiq maktab filiali bino-inshootlari 74 mln.soʻmga sotildi. Auksion gʻolibi 12 sotix yer maydonida joylashgan mazkur davlat obyektiga 6 oy muddatda 300 million soʻm investitsiya kiritishi hamda kamida 15 ta yangi ish oʻrni yaratishi lozim.
3. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan Namuna QVP bino-inshootlari 449 mln.soʻmga sotildi. Davlat obyekti 11 sotix yer maydoniga ega boʻlib, auksion gʻolibiga 12 oy muddatda 500 million soʻm investitsiya kiritish hamda kamida 12 ta yangi ish oʻrni yaratish majburiyati yuklatiladi.
Siz ham mazkur auksionlarda ishtirok etib, davlat aktivlarini ochiq va shaffof usulda yutib olishingiz mumkin. Ayni damda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida 12,2 ming tadbirkorlik faoliyati uchun 151 ta boʻsh turgan davlat aktivi va 3,2 ming yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi savdoda turibdi» deyiladi xabarda.
AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi
Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O
Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi
Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э