Timur Ishmetov: O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori xalqaro me’yorlarga nisbatan past hisoblanadi

Moliya vaziri Timur Ishmetov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Prezidentning parlamentga murojaati orqali vazirlikka yuklangan muhim vazifalar, xususan, davlat tashqi qarzini boshqarish masalasida gapirdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Davlatimiz rahbarining parlament va xalqqa murojaatida Moliya vazirligiga bo‘lgan topshiriqlardan biri tashqi qarz masalasiga qaratilgan. Pandemiya davrida qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Sog‘liqni saqlash tizimiga misli ko‘rilmagan xarajatlar qilindi. Bundan tashqari, iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlash, ijtimoiy himoya nuqtayi nazaridan qiyin paytda aholining zaif qatlamiga qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish uchun xarajatlar amalga oshirildi. Umuman, davlat tomonidan ijtimoiy nafaqalarni oluvchilar soni keskin ko‘paytirildi. Buncha xarajatlar biz o‘ylagandan qo‘shimcha qarz jalb qilishni taqozo etdi. Lekin qanchalik qiyin bo‘lmasin tashqi qarz bemalol qadam bosishimizga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori xalqaro me’yorlarga nisbatan past hisoblanadi. Hozir ham, shu yil yakuni bilan qo‘shimcha qarz jalb qilgan holda ham bizning tashqi qarzimiz miqdori mo‘tadil hisoblanadi. Ya’ni xavfli emas. Uni hukumat yaxshi boshqarish bilan birga, o‘z vaqtida bemalol qaytara oladi. Lekin oldinni ko‘zlagan holda mana shu tashqi qarz xarajatlarini o‘zimiz va kelajak avlod uchun og‘ir botmasligi hamda umuman iqtisodiy siyosatni barqaror ushlab qolish uchun tashqi qarzga jiddiy e’tibor qaratish, uni boshqarish topshiriqlari berildi”, — degan u.
Timur Ishmetovning aytishicha, O‘zbekistonning muhim yutuqlaridan biri milliy valyutada joylashtirilgan yevrobondlar orqali davlat tashqi qarzini jalb qilishga erishganida bo‘ldi. Prezident o‘z murojaatida qarzni milliy valyutada olishni keyingi yillarda 40 foizgacha oshirish topshirig‘ini bergan.
“Prezidentimiz murojaatida eng muhim urg‘u berilgan tomoni, bu tashqi qarzda valyuta xatarini oldini olish bo‘yicha bo‘ldi. Ya’ni qarzlar xorijiy valyutada jalb qilinaversa, u qarz o‘zgarmagan holatda ham valyuta kursi o‘zgarishi hisobiga uning yuki ortib boradi. Bu yuk oshib bormasligi uchun endi tashqi qarzni ham milliy valyutada jalb qilishni kengaytirish masalasida aniq topshiriqlar berildi.
2020-yilda bu yo‘nalishda birinchi qadam bosildi. O‘zbekiston tarixida ilk bor davlat xalqaro obligatsiyalarini xalqaro kapital bozorlarida, aynan London fond birjasida milliy valyutamiz-so‘mda joylashtirildi. Ya’ni O‘zbekiston 2 trillion so‘m miqdorida London birjasidan qarz oldi. Bunda 3 yil muddatga 14,5 foiz miqdorida xususiy, xorijiy investorlar O‘zbekistonga qarz berdi.
Bu — O‘zbekiston uchun judayam katta yutuq. Oddiy qilib aytganda, tasavvur qiling bu dunyoni bir nechta davlatlaridagi investorlar dollarda bo‘ladimi, yevrodami o‘z valyuta mablag‘larini so‘mga aylantirib O‘zbekistonga 3 yilga 14,5 foizga depozit qo‘ygani bilan barobar.
London fond birjasida 750 million dollar qarzning taxminan 200 million dollarini biz so‘mda jalb qildik. Bu juda muhim ko‘rsatkich.
Prezidentimiz topshiriq berdilarki, endi milliy valyuta so‘mda jalb qilinadigan qarzlar ulushini oshirib borish va aynan keyingi yillarga 40 foizgacha ko‘tarishimiz kerak. Biz o‘zimizning so‘mda qarz bo‘lganimiz, albatta qarz yukini o‘zimizga va kelajak avlodlarga kamaytirib boradi. Qolaversa, tashqi qarz xatarining oldini olishga yordam beradi”, — degan Moliya vaziri.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2020-yilning 10 oyida 18 foizga o‘sib, 1-oktabr holatiga 29,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Mamlakat qarzining 2021-yildagi umumiy chegarasi YaIMga nisbatan 60 foizga yetmasligi nazarda tutilgan bo‘lib, kelgusi yilda 5,5 milliard dollar miqdorida qarz mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.
2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e
Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,
Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan