calendar 14 Sep 19:11
eye 56
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Koinotning aql bovar qilmas darajadagi hayratlanarli suratlari

image

2020-yilning eng yaxshi astronomik fotosuratlari e’lon qilindi. Somon yo‘li, Kaliforniya tumanlari va Andromeda galaktikasi kabi yo‘nalishlar Insight Investment astronomy photographer of the year award tanlovining g‘oliblari ro‘yxatiga kiritildi. Suratlar ko‘rgazmasini Londondagi Dengiz muzeyida tomosha qilish mumkin. 

Yulduzlar va tuman yo‘nalishi yuqori e’tirofga sazovor bo‘lgan ish: AQShlik Min Sening surati.

Yulduzlar va tuman yo‘nalishi g‘olibi: Avstraliyalik Poter Uordning “Samoviy jahannam” surati.

Yangi fotosuratchilarga beriladigan Ser Patrik Mur sovrini g‘olibligi Vengriyalik Bens Totga nasib etdi.

Galaktika haqidagi yuqori e’tirofga sazovor bo‘lgan ish: Ispaniyalik Xuan-Karlos Munyos-Mateosning “Katta Magellan Buluti hujumi” deb nomlangan surati.

Eng yaxshi oy surati yo‘nalishidagi ikkinchi g‘olib: Buyuk Britaniyalik Itan Robertsning qisman oy tutilishi tasvirlangan surati.

Quyosh haqidagi eng yaxshi ikkinchi surat: Polshalik Filipp Ogojeskining 145 soniyalik qorong‘ulik ishi.

Sayyora, kometa va asteroidlar yo‘nalishi g‘olibi: Polshalik Lukash Suykaning “Oramizdagi samo” surati.

Peyzajlar yo‘nalishi ikkinchi o‘rin sohibi: “Sahro mo‘jizasi” nomli surati bilan germaniyalik Stefan Liberman.

“Shimol yog‘dusi” yo‘nalishining g‘olibi: Nikolas Rommelt (Germaniya) suratga olgan “Yashil xonim” surati

Eng yaxshi oy surati: Fransiyalik Alyona Payyuning Tixo krateri hududi olingan ishi.

“Odamlar va samo” yo‘nalishi g‘olibi: “Texnologiyalar qamog‘i” surati muallifi vengriyalik Rafael Shmal.

“Odamlar va samo” yo‘nalishida ikkinchi o‘rin g‘olibi: Xitoylik Tyan Lining galaktikani kuzatayotgan odam nomli surati.

Mutlaq g‘olib va galaktika yo‘nalishi g‘olibi: Fransiyalik Nikolya Lefodening qo‘lingni uzatsang, yetgudek tasvirlangan Andromeda galaktikasi surati.

Galaktika yo‘nalishidagi ikkinchi g‘olib AQShlik Mark Hanson olgan bizdan 300 000 yorug‘lik yili uzoqligidagi NGC 3628 obyektining surati.

Yulduzlar va tuman yo‘nalishi ikkinchi o‘rin sohibi: AQShlik Konnor Maternning “Okeandan sakrovchi delfin” nomli ishi.

Quyosh haqidagi eng yaxshi surat: Buyuk Britaniyalik Aleksandr Hartning ishiga nasib etdi.

Peyzajlar yo‘nalishi g‘olibi: Germaniyalik Tomas Kast.

“Odamlar va samo” yo‘nalishida yuqori e’tirofga sazovor bo‘lgan ish: Xitoylik Yan Vannoy olgan surati.

“Shimol yog‘dusi” yo‘nalishining ikkinchi o‘rin sohibi: Toma Archerning Skandinaviya yog‘dusi ostidagi yakka daraxt nomli surati (Buyuk Britaniya).

Sayyora, kometa va asteroidlar yo‘nalishi ikkinchi o‘rin sohibi: Buyuk Britaniyalik Martin Lyuisning surati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

20 Mar 12:55
 
81
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan