calendar 10 Sep 05:40
eye 46
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 45 ming nafardan oshdi

image

2020 yil 10 sentyabr soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 45 160 (+230) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 150 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Surxondaryo viloyatida, hamda 1 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 42 212 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 580 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 427 nafari og'ir, 224 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonda aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarilishi mumkin

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildilar. 2019-yildan buyon kompaniya mamlakatimizda qiymati 1,15 milliard dollarlik uchta yirik loyihani amalga oshirdi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida vodorod va 'Navoiyazot' AJda suyuq karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish shular jumlasidandir.Hozirda Buxoroda 200 million dollarlik kislorod va azot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uglerodni saqlash, av

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI

– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar

18 Apr 11:08
 
303
0
xs.uz

Xitoylik hamkorimiz Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi

Bu borada viloyatning suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligi, ushbu jarayonda qatnashadigan tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan, 7-yilga 12 foiz stavkada kredit berilishi ta'kidlandi.Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Xususan, 'O'zbekgidroenergo' AJning asosiy xorijiy hamko