Deputatlar korruptsiya va adolatsizliklari tufayli ustidan shikoyat qilgan Xo'jaobod hokimi ishdan olindi

Andijon viloyati Xo'jaobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rasulov Otabek Abduqaxorovich Xo'jaobod tumanida o'tkazilayotgan navbatdan tashqari Sessiyaning qaroriga muvofiq egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, Andijon viloyati Xo'jaobod tumani hokimi lavozimiga Axmadaliyev Zoxidjon Zokirjonovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Axmadaliyev Zoxidjon Zokirjonovich, Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Xo'jaobod hokimi ustidan tuman deputatlari prezidentga videomurojaat orqali shikoyat qilib chiqishgan edi. Ularning fikricha sobiq hokim Otabek Rasulov tumanni korruptsiya va adolatsizliklarga botirib yuborgan.
Shuningdek, Asaka tumaniga IIV vakili hokim etib tayinlangani maʻlum qilingan edi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.