calendar 04 Sep 07:30
eye 50
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Koronavirusga chalinganlar soni bo'yicha eng past natija qayd etildi

image
Jamiyat
Havola olish
103 0 0

Kecha 3 sentyabr kuni O'zbekistonda 2 oydan ortiqroq vaqt davomida eng kam kasallanish holati aniqlandi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O'zbekistonda 3 sentyabr kuni 257 kishi koronavirusga chalingan. Bu so'nggi 2 oy ichida qayd etilgan eng past ko'rsatgich bo'ldi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati. 

Bundan oldingi eng past natija 27 iyun kuni qayd etilgan bo'lib, o'shanda O'zbekistonda 1 sutkada 255 kishi koronavirusga chalingan edi. 

4 sentyabr soat 10:00 holatiga O'zbekistonda jami 42 909 nafar bemor qayd etilgan. Ulardan 40 176 nafari sog'ayib, davolanish ko'rsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Toshkent shahrida - 70 nafar 

Toshkent viloyatida - 16 nafar

Namangan viloyatida - 10 nafar

Samarqand viloyatida - 7 nafar

Qashqadaryo viloyatida - 3 nafar  

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og'ir, 181 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Ikki nafar bemor vafot etgan. 

Eslatib o'tamiz Iyul Avgust oylarida O'zbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi. 

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
22
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifidan fotoreportaj

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon xalqaro aeroportini modernizatsiyalash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shundan so'ng davlatimiz rahbari Andijonda zamonaviy to'qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Tashrif doirasida Prezidentga Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi.Davlatimiz rahba

23 Mar 16:43
 
67
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

22 Mar 08:54
 
56
0
xs.uz

Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,

20 Mar 12:54
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et