Putin Belarusdagi prezidentlik saylovlari natijasini tan oldi

Rossiya Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari legitimligini (qonuniyligini) tan oladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin jurnalist Sergey Brilyevga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Putinning ta’kidlashicha, Belarus hukumati YXHT vakillarini saylovlarda nazoratchi sifatida qatnashishga taklif etgan, biroq ular kelmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu saylovlar natijasi bo‘yicha pozitsiya oldindan tayyorlab qo‘yilgan degan fikrni yuzaga keltiradi.
“Shu sababli biz saylovlar o‘tkazilganiga asoslanamiz. Biz — men darhol buni amalga oshirdik, biz legitimlikni tan oldik. Va bilasizki, men Aleksandr Lukashenkoni ushbu saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladim. Tamom”, — deydi Rossiya prezidenti.
Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.
Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.
Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max