calendar 24 Aug 12:31
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonda koronavirusdan sog'ayganlar 90 foizga yetdi

image
image

Bugun, 24 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 91 nafarga oshib, 39 156 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    81 nafari Toshkent shahrida;

•    6 nafari Toshkent viloyatida;

•    4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Farg'ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 296 nafar bemor sog'aydi. 

Shunday qilib, O'zbekistonda 35 283 (+296) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog'ayish ko'rsatkichi 90 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatda 3 596 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

04 Apr 16:18
 
55
0
xs.uz

Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rga

16 Apr 15:12
 
25
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us