calendar 19 Aug 10:30
eye 55
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

"U farzandlarimga yoqdi": eri qo'llarini chopgan Margarita yangi sevgilisi haqida

image
Jamiyat
Havola olish
85 0 0

Eslatib o'tamiz, 2017 yilning oxirida eri Margaritani bir necha bor o'rmonga olib borib, o'ldirish bilan qo'rqitgan. Rashk o'tida yongan er Margaritaning qo'llarini bolta bilan chopgan. U kamida o'nta zarba bergan.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi, erining rashki tufayli qo'llaridan ayrilgan Margarita Gracheva yangi munosabatlari haqida gapirar ekan, sevgilisining qarori jiddiy ekanini, sentyabrda ular nikohdan o'tishlarini aytdi. Bu haqda "Woman.ru" portali xabar bermoqda.

Маргарита Грачева с биопротезом на руке
Foto iz lichnogo arxiva Margariti Grachevoy

Ayol to'yga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida ilk bor hikoya qilganida, internet tarmog'idagi aksariyat foydalanuvchilar u o'zini piar qilmoqchi, degan gumonga borishgan edi. Ammo Margaritaning tan olishicha, bu singari gap-so'zlar uni sira ham ranjitmaydi.

"Bo'lg'usi turmush o'rtog'im juda to'g'ri taktikani tanladi: u boshida shuncha do'st tutindi. Bu yaxshi pozitsiya, shu tufayli men unga ko'nikdim", - deya izoh beradi Gracheva.

Ayolning aytishicha, birinchi turmushidan bo'lgan farzandlari bo'lajak turmush o'rtog'ini iliq qarshi olishgan va o'rtada yaxshi munosabat shakllangan.

"Ularning munosabatlari aʻlo darajada, chiqishib ketishdi, bu esa, ona sifatida men uchun juda muhim", - deydi Margarita.

Shu bilan birga Gracheva o'sha mashʻum kun tafsilotlarini chetlab o'ta olmadi.

"Men o'sha mashʻum kunni tushimda ko'rmay qo'yganman, sovuq ter bosib ham uyg'onmayman. Shunchaki yashashda davom etyapman. <...> Avval boshdan yuz bergan hodisada mening aybim yo'qligi, bu uchun men javobgarligim haqida zarracha ham xayol bo'lmagan. Abyuzer bo'lish, zo'ravonlikni qo'llash uning (sobiq erining - tahr.) tanlovi edi - deydi ishonch bilan Margarita.

Ayolning aytishicha, erkakni otalik huquqidan mahrum etishgan.

"U mening farzandlarimga hyech kim. U bilan muloqot qilishlari imkonsiz, deb bilaman. Buni nima keragi bor? U bolalarga nima bera oladi?", - deya xulosa qiladi Gracheva.

Eslatib o'tamiz, 2017 yilning oxirida eri Margaritani bir necha bor o'rmonga olib borib, o'ldirish bilan qo'rqitgan. Rashk o'tida yongan er Margaritaning qo'llarini bolta bilan chopgan. U kamida o'nta zarba bergan. Sud erkakni 14 yil qatʻiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, va ikki million rubl komensatsiya to'lash majburiyatini yukladi.

Gracheva sud qaroridan rozi emasligini aytgan. Shifokorlar ayolning bitta qo'lini saqlab qolishga muvaffaq bo'lganlar, ikkinchisining joyida protez o'rnatilgan.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

31 May 08:49
 
47
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

18 Jun 21:55
 
170
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.