calendar 18 Aug 09:31
eye 122
comments 0
comments Manba: qalampir

Maktab va bog'chalarni ochishga tayyorgarlik ko'rilyapti – shtab aʻzosi

image
image

Ayni kunlarda maktab va bog'chalar ochilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʻzosi Rustam Ikromov maʻlum qildi.

"Ayni kunlarda Maktabgacha taʻlim vazirligi va Xalq taʻlimi vazirligi bilan hamkorlikda taʻlim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meʻyorlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur meʻyorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo'yiladi. Shundan keyin maktabgacha taʻlim tashkilotlari va umumtaʻlim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi", deydi Rustam Ikromov.

Shtab aʻzosining aytishicha, maktab va maktabgacha taʻlim tashkilotlarida o'z farzandlarimiz taʻlim olishadi. Bu masalada eʻtibor berish kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki bolalarni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o'zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to'sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.

Eslatib o'tamiz, Xalq taʻlim vazirligi umumiy o'rta taʻlim maktablarida yangi o'quv yilini boshlash bo'yicha uchta stsenariyni taklif qilgan. 

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
21
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

14 Apr 06:18
 
36
0
xs.uz

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy