calendar 17 Aug 15:30
eye 68
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 17 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
111 0 0

Bir sutka davomida 373 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 702 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 373 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 702 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 184 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 411 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 31 384 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 87 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 082 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol), Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.Ch. (ayol), Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 236 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Rossiyalik shifokorlar yordami

Toshkentga rossiyalik 40 ga yaqin yuqori malakali mutaxassislar yetib kelishdi. Epidemiologlar, virusologlar, endokrinologlar, reanimatologlar, kardiologlar va pulmonologlar 1 oy davomida o'zbekistonlik hamkasblari bilan pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etishadi.

Bir oy davomida ular pandemiyaga qarshi kurashish uchun o'zbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Shifokorlar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar Ilmiy-tadqiqot institutida, Zangiota tumanida maxsus ochilgan klinikada va respublikaning boshqa hududlarida ishlashi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro parvozlar

"O'zbekiston havo yo'llari" 1 sentyabrga qadar barcha xorijiy parvozlarni bekor qildi. Ungacha faqat charter parvozlar amalga oshiriladi. Xorijiy parvozlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat tufayli bekor qilingan. Avgust oyi uchun xarid qilingan chiptalar narxi yo'lovchilarga qaytariladi yoki boshqa sanaga ko'chiriladi.

Qayta ochilgan masjidlar

Bugundan O'zbekistonda masjid, cherkov va boshqa diniy muassalalar jamoat tadbirlari o'tkazish uchun ochildi. 

Diniy muassaslarda jamoat tadbirlari o'tkazish davomida barcha sanitariya qoidalariga rioya qilish talabi saqlanib qolingan. Masjidlarga kelgan fuqarolar niqob va qo'lqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini o'lchash choralariga qatʻiy rioya qilishlari kerak bo'ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,7 milliondan oshdi, 775 ming kishi vafot etdi, 13,7 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,3 mln), Hindistonda (2,6 mln).

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
21
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

14 Apr 06:18
 
36
0
xs.uz

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy