calendar 17 Aug 12:30
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonda koronavirusdan sog'ayganlar 31 mingdan oshdi

image
image

Bugun, 17 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 189 nafarga oshib, 35 702 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    184 nafari Toshkent shahrida;

•    5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar O'zbekistonda 31 384 (+411) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog'ayish ko'rsatkichi 87 foizga yetdi. "Worldmeters" maʻlumotiga ko'ra, sog'ayish ko'rsatkichi bo'yicha O'zbekiston dunyoda 50-o'ringa ko'tarildi.

Hozirda mamlakatda 4 082 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
48
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga

08 Jun 02:26
 
34
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
147
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,