calendar 17 Aug 09:10
eye 10
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistondagi 13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. U futbol bilan shug‘ullanadi

image

Davlat test markazi joriy yilda OTMga o‘qishga topshirgan eng yosh abituriyent 13 yosh va eng yoshi katta abituriyent 95 yosh ekanligi to‘g‘risida xabar bergandi. O‘zA 13 va 95 yoshli abituriyentlarning hayoti ham yoshlar uchun, ham keksalar uchun ibrat, motivatsiya bo‘lishini hisobga olib, ular bilan suhbat qurishni niyatida surishtiruv olib bordi.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, surishtiruvlarni o‘tkazish jarayonida Xalq ta’limi vazirligiga jurnalistik so‘rovi yuborilgan hamda vazirlik tomonidan holatga aniqlik kiritilishida katta amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Dastlab 13 yoshli (14 yoshga to‘lmagan) ekanligi aytilayotgan X.A. ismli abituriyent maktabdagi o‘qishi davrida sinfdan sinfga ko‘chirilgan, ya’ni xalq tilida aytganda “sakragan” bo‘lsa kerak, degan variant ko‘rib chiqilgan. Ammo aniqlanishicha, u 2009/2010-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan hamda 2019/2020-o‘quv yilida o‘sha maktabning 11-sinfini tamomlagan.

X.A. o‘qish jarayonida 1-sinfdan 11-sinfgacha to‘liq ta’lim olgan, ya’ni o‘qish davrida sinfdan sinfga ko‘chirilmagan.

Ushbu ma’lumotlardan so‘ng o‘z-o‘zidan savol tug‘ildi, qanday qilib 13 yoshli abituriyent 2009-yilda maktabga chiqishi mumkin, axir bu paytda u atigi 2,5 yosh bo‘ladi-ku?

Shundan so‘ng, Xalq ta’limi vazirligi ko‘magi bilan X.A. istiqomat qiladigan tumanning FHDYO bo‘limi orqali uning tug‘ilgan vaqtiga aniqlik kiritildi. Berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, X.A. 2003-yil 3-dekabrda tavallud topgan. Bundan kelib chiqadiki, qahramon aslida 16 yosh (dekabr oyida 17 yoshga to‘ladi) hamda maktabning 1-sinfiga qabul qilingan paytda qariyb 6 yosh bo‘lgan.

Shundan so‘ng nima uchun Davlat test markazi ushbu abituriyentni 13 yosh deya e’lon qilganiga aniqlik kiritish uchun surishtiruv davom ettirilgan. Aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, X.A.ga 2019-yil aprel oyida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2006-yil 3-dekabrda tug‘ilganligi aks etgan fuqarolik pasporti berilgan. Fuqarolik pasporti rasmiylashtirilayotganda, hozircha ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, X.A.ning yoshi 3 yilga kichraytirilgan.

Shuningdek, surishtiruvlar davomida X.A. futbol bilan shug‘ullanishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston professional futbol ligasi bilan bog‘lanib, bu ma’lumotlar qanchalik rost yoki yolg‘onligini tekshirilgan.

“Dastlab bunday futbolchi O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum bo‘lgan. Ammo yoshni kichraytirish masalasiga qarshi keskin kurash olib borilayotganligi, O‘zPFL ham bu kabi qonun buzilishi holatlarining fosh bo‘lishidan manfaatdor ekanligini inobatga olib, boshqa hamkor tashkilotlar orqali mazkur faktni tekshirib berishlarini ta’kidlashdi”, — deyiladi xabarda.

O‘zPFL aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan X.A. haqiqatan futbol bilan shug‘ullanadi va tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida ro‘yxatda turgan, professional futbol ligasida hozircha o‘yinlar o‘tkazmagan.

Surishtiruv davomida aniqlangan yuqoridagi holatlarda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, aybsizlik prezumpsiyasi nuqtayi nazaridan, xabarda abituriyentning ismi, yashash manzili va tahsil olgan maktabi oshkor qilinmagan. Surishtiruvlar davomida to‘plangan barcha materiallar qonun doirasida ko‘rib chiqilishi uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionlarning 40 tasida o‘tkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
17
0
postda.uz

ID-KARTALAR BERILDI

Ammog‘on – Shahrisabz tumani markazidan qariyb 60 kilometr masofada joylashgan qishloq. Yaqinda uzoq tog‘li qishloqda yashovchi fuqarolar va yoshlarga qulaylik yaratish, ularga shaxsini tasdiqlovchi ID-karta rasmiylashtirib berish maqsadida tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari qishloqqa ko‘chma mobil qurilma bilan borishdi. – Shu kuni tuman IIB M va FRB inspektori, kichik serjant Muhriddin Rahimov hududda joylashgan 69-maktabning 50 nafarga y

02 Feb 18:35
 
35
0
xs.uz

Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi

Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilgʻi hisoblangani, shuningdek, qoʻshimcha yoqilgʻi sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan.Tekshiruv natijalariga koʻra issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd. 23 mln soʻm (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida kompensatsiya belgilandi.Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamc

07 Feb 10:54
 
28
0
postda.uz

U ADASНMAGAN EDI...

Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini chegara oldi hududlaridan biri hisoblanadi. Har kuni bu yerdan yuzlab insonlar kirib–chiqishadi. Shu boisdan ham xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlaridan doimo hushyorlik talab qilinadi. Bu yerda joylashgan Bo‘ston temir yo‘l bekati hududidagi vaziyatni kuzatish uchun aylanishga chiqqan mayor Ataqo‘zi Qurbanbayevning yo‘lovchilar orasida ikki ayol e'tiborini tortdi. Bir qaraganda boshqa yo‘lovchilar kabi

08 Feb 17:49
 
58
0
postda.uz

Ishga kirishda yangi tartib: NOMZODLARGA QO‘YILGAN TALABLAR QANDAY?

Ishga kirishda yangi tartib: nomzodlarGA QO‘YILGAN TALABLAR QANDAY?Ichki ishlar organlariga ishga kirish talablariga ko‘pchilikda qiziqish yuqori. Bu borada zamon bilan hamohang tarzda yangi tartib ham joriy etildi. Ayni shu mavzuda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik Farid AbdIyevga bir nechta savol bilan yuzlandik.– Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tartibi xususida to‘xtalib o‘tsangi