calendar 17 Aug 04:30
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekiston MDH doirasida migratsiyaga oid hujjatga qo'shildi

image
image

O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha Maslahat kengashini tashkil etish to'g'risida 1992 yil 13 noyabrdagi Bitimga o'zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga qo'shildi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Bayonnoma 2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari yig'ilishida imzolangan.

Hujjatda Migratsiya sohasida hamkorlik qilish bo'yicha Hamdo'stlik organlarining vakolatlarini taqsimlash nazarda tutiladi hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining migratsiya organlari rahbarlari kengashi va Maslahat kengashi o'rtasida migratsiya sohasidagi funktsiyalarning takrorlanishi istisno etiladi. Bu MDH ishtirokchi-davlatlarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi kelishuv siyosatining yanada samarali tarzda ishlab chiqilishiga imkon beradi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʻul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi. Moliya vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi unga ko'maklashadi. TIV tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. Bayonnoma O'zbekiston uchun kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

Eslatib o'tamiz, MDH ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha Maslahat kengashi tashkil etilgan va quyidagilarni amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritadi:

•    maslahatlar berish va o'zaro manfaatlarni o'z ichiga olgan muhim muammolar yuzasidan fikr almashish orqali kelishuv siyosatini ishlab chiqish;
•    MDH ishtirokchi-davlatlarining qonun hujjatlarini uyg'unlashtirish va mehnat munosabatlari, migratsiya, bandlik, aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnat muhofazasi bilan bog'liq masalalarni tartibga solish;
•    ushbu masalalar bo'yicha takliflarni ishlab chiqish hamda davlatlararo kelishuvlar loyihalarini tasdiqlash.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

20 Mar 12:54
 
46
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
24
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,